A. A. Ganiyev


Akustik axborotlarni chiqib ketish texnik kanallari


Download 0.8 Mb.
bet15/45
Sana22.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1377607
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari

Akustik axborotlarni chiqib ketish texnik kanallari.


Tovush – bu eshitish organi orqali qabul qilinuvchi, elastik muhit zarralarining mexanik tebranishi. Tovush aslida to‘lqin bo‘lganligi uchun uni xarakterlovchi kattaliklar amplituda va chastota spektri hisoblanadi. Inson 16-20000 Gs chastota diapazonidagi tovushlarni eshitadi. Undan past chastotali diapazondagi tovushlar infratovush deb nomlanadi. 20000 Gs dan 1 GGs gacha chastota oralig‘idagi tovushlar – ultratovushlar, 1 GGs dan yuqorilari esa – gipertovushlar deb ataladi.
Tashuvchisi akustik signallar bo‘lgan axborotlar akustik axborotlar deyiladi. Akustik tebranishlarning birlamchi manbai - mexanik tizimlar, masalan, insonning nutq organlari, ikkilamchi manbalari esa turli o‘zgar- tirgichlar, jumladan elektroakustik qurilmalar hisoblanadi.
Tovush bosimi – bu muhitda tovush to‘lqinlari tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchi bosim. Tovush bosimi kattaligi tovush to‘lqi- nining yuza birligiga ta’sir ko‘rsatish kuchi bilan baholanadi va barlarda (N/m2) o‘lchanadi.
Tovush bosimi o‘zgaruvchan bo‘lishiga sabab, u bir zarrachadan boshqasiga uzatiladi va bu holat elastik muhitda zarrachaning keskin silji- shi bilan amalga oshadi, natijada ana shu joyda bosim ortishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon keyingi qo‘shni zarrachalarga uzatiladi va shu tartibda davom etadi. Bu jarayonni elastik muhitda bosim ortishi ko‘chib yurishi bilan ifodalash mumkin. Bunda muhitda to‘lqin ko‘rinishida tarqaluvchi bosim
ortgan va kamaygan sohalar ketma-ketligi kuzatiladi. Muhitdagi har bir zarra tebranuvchi harakatni sodir etadi.
Suyuq va gazsimon muhitlarda akustik tebranishlar bo‘ylama xarak- terga ega bo‘lib, unda zarrachalar tebranishi to‘lqin tarqalishi yo‘nalishiga mos tushadi. Qattiq jismlarda bo‘ylama deformatsiyadan tashqari siljish elastik deformatsiyasi ham paydo bo‘lib, uning ta’sirida ko‘ndalang to‘l- qinlar ham hosil bo‘ladi. Bu holda zarrachalar to‘lqin tarqalish yo‘nali- shiga perpendikular yo‘naluvchi tebranishlarni sodir etadi. Bo‘ylama to‘lqinlarning tarqalish tezligi siljish to‘lqinlarinikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Tovush kuchi – bu birlik vaqt ichida birlik yuzadan o‘tuvchi tovush energiyasi miqdori bo‘lib, u kvadrat metrdagi vattlarda o‘lchanadi (Vt/m2). Ta’kidlash kerakki, tovush bosimi va tovush kuchi o‘zaro kvadrat ko‘rinishda bog‘liq, ya’ni tovush bosimi 4 barobar oshirilsa, tovush kuchi 16 barobar ortadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling