A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Balog’atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tushunchasi


Download 421.04 Kb.
bet43/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

1. Balog’atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tushunchasi.
Voyaga yetmagan shaxslar tarafidan sodir bo’lgan jinoyat, va ma'muriy ishlarni ko’ruvchi sud “yuvenal sud” (bolalar sudi) deb ataladi. Yuvenal sudlarning asosiy vazifalariga bolalarni himoya va reabilitatsiya qilish kiradi.
Yuvenal sudda quyidagi guruhga mansub ishlar ko’riladi:
bolalar nazoratsizligi bilan bog’liq, ishlar;
ma'lum guruhga mansub huquqbuzarliklar;
bolalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar.
Angliyada voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha tashkil etilgan sudlarda, odam o’ldirishdan tashqari, og’ir jinoyatlarning barchasi, shuningdek daydilik, maktab qonun-qoidalarini buzish, uydan qochib ketish, qimor o’ynash va shu kabi mayda huquqbuzarliklar ko’rib chiqiladi.
Fransiya jinoyat huquqida huquqbuzarliklarning quyidagi tasnifi qabul qilingan: oddiy huquqbuzarlik, qilmish, jinoyat, shunga mos ravishda, voyaga yetmaganlar uchun ham uch xil sud joriy etilgan. Bundan tashqari personal sudlovga taalluqlilik belgisi, chunonchi: voyaga yetmagan shaxs 16 yoshga to’lgan yoki to’lmagani ham inobatga olinadi. Voyaga yetmaganlarning ishlari bo’yicha “prisyajniylar”(xakamlar) sudida fakt 16 yoshga to’lgan shaxslarning ishlari ko’rilishi mumkin.
Bolalar sudining voyaga yetmaganlar ishlarini ko’rish borasidagi mutlaq, huquqi haqida gapirganda, avvalambor, bu huquq; kontinental sudda to’lik, amalga oshirilishini ta'kidlab o’tish joiz, unda voyaga yetmaganlarning ishlarini umumiy yurisdiktsiya sudiga topshirishga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yetmaganlarning barcha turdagi huquqbuzarliklari, Fransiya misolida gapirganda, fakt voyaga yetmaganlarning ishlari bo’yicha sudlarda ko’riladi. Anglo-sakson tizimi sudida esa boshqacha vaziyatga duch kelish mumkin. AQSh va Angliyada qonunchilik va sud amaliyoti 14 yoshga to’lgan voyaga yetmagan shaxsga, agar jinoyatning og’irlilik va murakkablik darajasi voyaga yetmaganlar uchun sudda sudlanuvchi o’smirning huquqlari himoya qilinmasligi mumkin, deb taxmin qilish imkonini bersa, ishni umumiy yurisdiktsiya “prisyajniylar” (xakamlar) sudiga topshirish to’g’risidagi masalani o’zi yoki o’z vakili orqali ko’tarish huquqini beradi.
Ma'lumki, huquq tizimi - bu tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar majmui bilan ob'ektiv belgilangan, normativ materialni birlashtirish va muayyan ketma-ketlikda joylashtirishda ifodalanadigan huquqning ichki tuzilishi, ya'ni huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ko’rsatadi. Anglo-sakson va kontinental huquq tizimlarida voyaga yetmaganlar sudlari vakolatlaridagi farqlar yana shunda namoyon bo’ladiki, anglo-sakson sudlarida voyaga yetmaganlar jinoyatlarining voyaga yetgan ishtirokchilarining ishlari umumiy sudlar tomonidan ko’riladi, kontinental huquq tizimi sudlarida esa voyaga yetmaganlarning ishlarini umumiy sudlarda ko’rishga belgilangan ta’qiq amalda voyaga yetmaganlar uchun sudning personal sudlovga taalluqliligi doirasi kengayishiga sabab bo’ladi. Voyaga yetgan ishtirokchilarning ishlari ham ayni shunday sudlarda ko’riladi.
Ko’pgina mamlakatlarda kichik yoshdagi voyaga yetmagan shaxslarga tarbiya va nazorat majburlov choralarini qo’llash mumkin bo’lgan yoshga ishora va jinoiy javobgarlik yoshining quyi chegarasi yo’qligi ham voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha sudning personal sudlovga taalluqliligi doirasini kengaytiradi, ya'ni sudda qonunda ko’rsatilgan yoshni pasaytirish va voyaga yetmagan shaxsga jazo qo’llash imkoniyati paydo bo’ladi.
Masalan, Fransiya jinoyat-protsessual va jinoyat qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka 16 yoshga to’lgan shaxslar tortiladi, 13 yoshdan 16 yoshgacha sud himoyasi choralari qo’llaniladi. Istisno hollarda sudya jinoiy javobgarlik darajasini pasaytirishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar sudi ba'zan oila sudi vazifasini ham ado etishi mumkin. Ular nafaqat voyaga yetmaganlar huquqbuzarligiga oid ishlarni, balki bolalarga g’amxo’rlik qilmay kelayotgan ota-onalarga nisbatan ham choralar ko’radi, sharoiti bola tarbiyasi uchun to’g’ri kelmaydigan oilalardagi bolalar tarbiyasi masalasini nazorat qilib borishadi hamda oilaviy nizolarni hal qilishga harakat qilishadi.
Voyaga yetmaganlar ishi bo’yicha sud tartibi (protsedurasi), agar uning anglo-sakson va kontinental ko’rinishlariga xos bo’lgan ba'zi bir xususiyatlarini e'tibordan soqit etadigan bo’lsak, quyidagi uch boskichni o’z ichiga oladi:
sudya xuzuriga chaqirish,
sudyaning voyaga yetmagan shaxs bilan suhbatlashishi,
ishning keyingi bosqichi bo’yicha qaror qabul qilish yoki ishni tugatish,
o’smirni sud protsedurasidan yoki sudga oid bo’lmagan protseduradan ozod silish;
ishni sudda ko’rishni sudya yakka tartibda yoki sudyalar xay'ati amalga oshiradi, hukm chiqarish;
xukmni ijro etish, ya'ni bunda sudning vazifasi sud nazoratini amalga oshirishdan iborat bo’ladi (sudning raxbarlik roli, uning faolligi ushbu bosqichda ham saqlanib qoladi).
Jinoyat protsessining sanab o’tilgan umumiy bosqichlari AQSH, Angliya yoki Fransiya sudi amaliyotida yana turli xil boshqa ko’rinishlarga ega. Masalan, AQSHning voyaga yetmaganlar ishi bo’yicha tuzilgan sudlarida yuqorida tilga olingan boskichlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
sudning boshlang’ich harakatlari, voyaga yetmaganlarning ishlariga doir materiallarni tekshirish, ularni saralash yoki sud vakolatlari doirasiga kiritish, ushlash yoki dastlabki qamok, (xibsga olish) to’g’risidagi masalani hal qilish, "hodisa”ni tegishli ko’rsatmalar beriladigan majlisga qadar o’rganish; ishni tinglash to’g’risida bayonot berish, tegishli hujjatlarni ro’yxatga olish; ish bo’yicha qaror chiqarishga oid tinglov; sud chiqaradigan farmoishlarga oid tinglov.
AQSHning voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha sudida protsessning har bir bosqichida o’smirni protsesga olib borish rasmiy bo’lishi kerakmi yoki uni sud jarayonidan chiqargan ma'qulmi, degan masala ham hal qilinadi.
Bolalar sudining amerikacha ko’rinishi bilan taqqoslaganda, Angliya Bolalar sudida katta o’zgarishlar yuz bergani yo’q. Angliyada voyaga yetmaganlar sudi o’z faoliyatida huquqbuzar o’smirni jazolashga emas, balki himoya qilishga moyil tamoyillarga qat’iy amal qiladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining cheklangan qismini umumiy prisyajniylar sudida ko’rish imkoniyati tegishli yuridik kafolat bilan ta'minlangan: o’z ishini mazkur sudda ko’rishni so’rash huquqi faqat ayblanuvchining o’ziga berilgan (ma'lumki, AQSH Oliy sudining Golt ishi bo’yicha qarorida mazkur huquq, voyaga yetmaganlar uchun sudga ham berilgan edi).
Voyaga yetmaganlar ishi bo’yicha sud va sud protsessi Angliya va Uelsda 1933 yilgi “Bolalar va yoshlar to’g’risida”gi qonunda belgilangan qoidalar bilan tartibga solinadi. Qonun qabul qilinganiga ancha vaqt bo’lganiga qaramay, uning voyaga yetmaganlar uchun sudga tegishli bo’lgan umumiy qoidalari o'zgargani yo’q. Angliya qonunchiligiga ko’ra bolalar to’g’risidagi qonunlarning barchasi (ular 1908 yildan e'tiboran qabul qilina boshlagan) amaldagi qonunlar hisoblanadi. Chunonchi 1933 yilgi qonunga muvofiq 10 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar to’g’risidagi ishlarning barchasi (1968 yil qonunidagi jinoiy javobgarlik yoshini oshirish to’g’risidagi tuzatishni hisobga olgan holda) voyaga yetmaganlarning ishlari bo’yicha sudlarda (magistrat sudlarida) umumiy ish yuritish tartibida ko’riladi, odam o’ldirish kabi og’ir ishlar bundan mustasno.
Angliyada voyaga yetmaganlar sudining vakolatiga kattalarning bolalar va o’smirlarga tajovuzlari to’g’risidagi ishlarni ko’rish ham kiradi. Kattalar va voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishda ishtirokchiligi to’g’risidagi ishlar bundan mustasno. Mazkur ishlar voyaga yetmaganlar sudida emas, balki boshqa sudda (Qirollik sudiga qadar) tinglanishi mumkin.
Angliya qonunchiligiga ko’ra voyaga yetmagan shaxs kattalar bilan birga sodir etgan jinoyatiga doir ish umumiy sudda ko’rilganda, mazkur sud voyaga yetmagan shaxsning ishini quyidagi, holatlarda bolalar sudiga ko’rib chiqish uchun qaytarishi mumkin:
umumiy sudda ish ko’rilishi natijasida voyaga yetgan shaxs aybdor, voyaga yetmagan shaxs esa aybsiz deb topilgan bo’lsa;
umumiy sudda ishni tekshirish amalga oshirilgan va voyaga yetgan sudlanuvchining taqdiridan (uning ayblanishi yoki oklanishidan) qat'i nazar, o’zini aybsiz deb topish to’g’risidagi iltimos bilan sudga murojaat qilgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan umumiy ish yuritish talab etilayotgan bo’lsa. Ammo voyaga yetgan sudlanuvchi va voyaga yetmagan shaxs o’zlarini aybsiz deb topish to’g’risida iltimos qilgan bo’lsalar, ish kattalar sudida ko’riladi.
Nihoyat, 14 yashar voyaga yetmagan shaxs og’ir jinoyat sodir etgani bilan bog’liq vaziyat yuzaga kelishi ham mumkin. Yuqorida qayd etib o'tilganidek, sodir etilgan jinoyatda hatto voyaga yetgan ishtirokchi mavjud bo’lmasa ham voyaga yetmaganlar Qirollik umumiy sudi qarshisida javobgar bo’lishi mumkin.
Odatda voyaga yetmaganlar sudlarida ishlarni yopiq, sud majlisida ko’rish nazarda tutiladi. Sudda protsess voyaga yetmaganning shaxsini aniqlashdan boshlanadi. Sud majlisining boshida buni klerk amalga oshiradi (1970 yilgi Magistrat sudi qoidalari). Ayni shu jarayon sudga jalb qilingan o’smirlarga tushunarli bo’lgan sodda tilda olib boriladi.
Angliya “bolalar” sudida sud protsessi to’g’risida gap ketganda, uni shartli ravishda ikki boskichga ajratish mumkin:
birinchisi, aybdor deb topish to’g’risida qaror chiqarish;
ikkinchisi, aybdor deb topilgandan sung qaror (xukm) chiqarish.
Angliya voyaga yetmaganlar ishi bo’yicha sudi faoliyatida klerk - “sud protsessining ustasi”, ayniqsa, faol rol o’ynaydi. Aynan klerk sud majlisini yuritishga rasmiy yoki norasmiy tus beradi va uni protsess ishtirokchilariga taklif qiladi, sud foydalanayotgan axborot oqimini nazorat qilib boradi (masalan, sudga tayyorlangan va magistratlar o’rtasida tarqatiladigan ma'ruzalar). Odatda Angliya voyaga yetmaganlar sudining faoliyatida probatsiya xizmati ham ulkan rol o’ynaydi. Ushbu hol AQSh bolalar sudiga ham xos. Ammo, probatsiya xizmatining faoliyati sudyaning voyaga yetmagan shaxslar bilan dastlabki aloqalaridayoq, boshlanadigan uyushma Shtatlar voyaga yetmaganlarning ishlari bo’yicha jinoyat protsessidan farqli o’laroq, hozirgi zamon Angliya voyaga yetmaganlarning ishlari bo’yicha jinoyat protsessida uni ijtimoiy xizmat mahalliy organlari chetga surmoqda.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha odil sudlovning kontinental modeli haqida gapirganda bu yerda ham sud protsessini tashkil etishning an'anaviyligi va barqarorligini qayd etish mumkin, lekin u bu yerda tarixiy vorisiylik (Chikago sudining) omili bilan emas, balki huquq, normalariga asoslangan kontinental huquq, tizimining yuvenal adliyaga ta'siri bilan bog’liq;.



Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling