A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va Qizil Yarim oy federatsiyasi


Download 421.04 Kb.
bet41/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi va Qizil Yarim oy federatsiyasi.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakati - umumjahon, insonparvarlik harakati. 1863 yilda asos solingan. Mazkur harakat 3 tuzilma - Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (HQXQ); Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (XQX va QYaOJF): Qizil Xoch va Qizil yarim Oy Milliy jamiyatlari (MJ)dan iborat.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakati uchala tuzilmasining faoliyat vakolatlari Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakatining Ustavi (1986) va Sevilya bitimi (1999) asosida belgilangan.
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to‘qnashuvlarda jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy mahbuslar, aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida ajralib qolgan hamda bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko‘rsatadi. Tinchlik sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan (1917, 1944, 1963 yillar). Qarorgohi Jeneva shahrida. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi 1919 yil tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Dunyoning 181 mamlakati Milliy jamiyatlarini birlashtiradi (2004).
Asosan, tabiiy ofatlarga tayyorlanish va ularga munosabat bildirishda Milliy jamiyatlarga yordam berish, tabiiy ofatlar, texnikaviy va sanoatdagi avariyalar, falokatlarda alohida xalqaro insonparvarlik yordami ko‘rsatishga oid amallarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, aholi salomatligi profilaktikasi, eng muhtoj kishilarga qarash va ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash, aholiga 1-yordam ko‘rsatishga o‘qitish, ko‘ngillilikni rivojlantirish vazifasi bilan shug‘ullanadi.
XQX va QYaOJF faoliyatini Kotibiyat ta’minlab turadi. U Jeneva shahrida joylashgan. Qizil Xoch va Qizil yarim Oy Milliy jamiyatlari — hukumatlari Jeneva konvensiyalariga imzo chekkan mamlakatlardagi Milliy jamiyatlar. Qoidaga ko‘ra, har bir mamlakatda faqat bitta Qizil Xoch yoki Qizil yarim Oy Milliy jamiyati tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati 1925 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1992 yilda mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995 yilda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tomonidan e’tirof etilib, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasiga a’zo bo‘ldi.



Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling