A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet2/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Balogʻatga (voyaga) yetish yoshi
Koʻpchilik davlatlarda balogʻatga yetish yoshi 18 yoshdan boshlanadi.

  • Balogʻatga yetishning eng kichik yoshi Farer orollarida oʻrnatilgan — 14 yosh.

  • Kubada balogʻatga yetish 16 yoshda keladi.

  • Oʻzbekistonda balogʻatga yetish yoshi — 18 yosh.

Bola rivojlanishi — goʻdakning ulgʻayishi jarayonida uning jismoniy va psixologik rivojlanishi bilan kechuvchi jarayon va mexanizmlarni oʻrganishga bagʻishlangan fan yoʻnalishi.
Oʻsmirlik (oʻspirinlik) davri
Bolaning jinsiy balogʻatga yetish yuz beradigan va organizm rivojlanishining yuqoriroq darajasiga oʻtish davri — balogʻatga yetish.
Oʻsmir — yoshi bolalikdan oʻspirinlikga oʻtayotgan yigit yoki voyaga yetgan qiz. Hozirgi fan oʻsmirlik yoshini davlat (yashash mintaqasi) va madaniy-milliy xususiyatlarga, shuningdek jinsiga bogʻliq ravishda aniqlaydi (12-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).
2. Bola huquqlari tushunchasi
Bola huquqlarini yuqori darajada ta’minlash, shuningdek, ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish masalasi yurtimizda azaldan dolzarb vazifa sanalgan. Mustaqillik yillarida ham bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ham, 2008-yil mamlakatimizda “Yoshlar yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili” deb e'lon qilindi.
Inson huquqlari va erkinliklari - oliy qadriyat deb e'lon qilingan bugungi kunda ham, bu huquqlar va erkinlikiarning buzilish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Dunyoning turli mintaqalari va alohida davlatlarda bu holat-lar qo‘pol va tizimli xususiyat kasb etmoqda. Bunga ushbu mintaqa va davlatlarda bo'layotgan qurolli mojarolar, ochlik, jinoyatchilik kabi turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar sabab bo'lmoqda. Shu tufayli ham, inson huquqlari masalasi, XXI asrga kelib jahonning dolzarb muammo-siga aylanib ulgurdi va xalqaro hamjamiyaming barcha davlatlarini bunday muammoga qarshi birgalikda ko’rashishga majbur qilmoqda. Bu ko’rash inson huquqlarining buzilishiga qarshi va buzilgan huquqlarni tiklashga oid xalqaro huquqiy normalar va mexanizmlami shakllantirish orqali amalga oshirilmoqda.
Bola” tushunchasi
Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida ilk bor “Bola (bolalar)” tushunchasiga to’liq ta’rif berilgan. Chunki, avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda “bola” yoki “bolalar” tushunchasi ishlatilganda, uning mazmuni ochib berilmagan. Aynan bolaga berilgan mazkur tarif dolzarb ahamiyatga ega. Sababi, ushbu Qonun hamda ularga taaluqli boshqa normative-huquqiy hujjarlar kimlarni himoya qilishga qaratilganligini aniq belgilab beradi.
Ushbu Qonunda bolalarga berilgan tarif BMTning Bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiyasining 1-moddasiga to’liq, mos keladi va unga binoan, “bola - bu 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo’llaniladigan qonun bo’yicha u ertaroq balogatga yetmagan bo’lsa”1.
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 1-moddasida berilgan tarif “bolalik” qaysi paytdan, ya’ni bola tug’ilgan paytdan yoki undan avval boshlanishi haqidagi masalani ochib bermaydi, shuningdek, turli xalqlarga tegishli normalarning har xilligi sababli, istisnosiz hamma mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan muammoning yechimini bermaydi.
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolalikning yoki bola hayotining boshlanishini belgilash masalasini milliy qonunchilik extiyoriga qoldirgan.
Biroq, Konvensiyaning 1-moddasiga binoan, yuqori yosh chegarasini 18 yosh deb belgilangan. Shunday qilib, bu yosh chegarasi biron bir maqsad yoki faoliyat uchun aniq yosh belgilashi kerak bo’lgan vaqtda Konvensiyani ratifikatsiya qilgan mamlakatlarga asos hamda boshlangich nuqta bo’lib xizmat qiladi.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling