A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori20


Download 421.04 Kb.
bet9/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori20.
Ushbu qaror orqali voyaga yetmaganlar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishning jahonda umume'tirof etilgan talablarga muvofiq ta'sirchan tizimini yaratish nazarda tutilgan.

Xususan, qarorda Bola huquqlari bo'yicha vakil hamda uning huzurida tashkil etiladigan Bola huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilgan jamoatchilik kengashining huquqlari, majburiyatlari hamda vazifalari belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq, endilikda Bola huquqlari bo'yicha vakil o'z vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishda ishtirok etadi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilib boradi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, xususan ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan voyaga yetmagan bolalar tarbiya muassasalarini tugatganidan so’ng ularning ijtimoiy moslashuviga javobgarlardan sanaladi.
Bundan tashqari tarbiya muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning maqsadli kommunal uy-joy fondidagi belgilangan sanitariya va texnik me'yorlarga hamda qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob beradigan turar joy bilan ta'minlanishiga ko'maklashadi21.
Shu bilan birgalikda daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan Bola huquqlari bo'yicha vakil o'ziga tegishli xizmat vakolatlarini hech kimga tobe bo’lmagan holda amalga oshiradi. U jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi kerak.
Mazkur qaror bilan 2020 yil 1 noyabrga qadar Bola huquqlari bo'yicha vakilga voyaga yetmaganlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish sohasidagi holatni tanqidiy o'rganish asosida mavjud muammolarni hal etish va sohani takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish vazifasi ham qo'yilgan.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling