A. A. Isoqboyevning Istiqlolchilik
Seminar mashg’ulotlar uchun o’quv-uslubiy va metodologik xarita
Download 0.82 Mb.
|
istiqlolchilik harakati tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va sharakatlantiruvchi kuchlari.
Seminar mashg’ulotlar uchun o’quv-uslubiy va metodologik xarita.
MA`RUZA MAVZULARI VA ULARNING QISQACHA TAVSIFI. MAVZU: Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va sharakatlantiruvchi kuchlari.Petrograddagi 1917 yil oktabr davlat to’ntarishi. Qo’qonda Turkiston muxtoriyatining tuzilishi. Turkiston muxtoriyatining qonga botirib tor-mor keltirilishi. Qizil armiya qismlari va arman dashnoqlarining Farg’ona vodiysidagi xunrezliklari. «Bosmachilik» atamasi va uning sovet tarixchilari tomonidan talqini. Istiqlol uchun kurashning boshlanishi, Katta va Kichik Ergashlar faoliyati. Qo’rboshilar qurultoylari va ularning istiqlolchilik harakati tarixida tutgan o’rni. Turkiston qo’rboshilari: jangovar faoliyati va qismati, harakatning g’oyaviy mafkurachilari. Istiqlolchilarni yagona bayroq ostiga birlashtirishda qo’rboshilarni tutgan o’rni. Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazm qo’rboshilari. Qo’rboshilar siyosiy qiyofasiga chizgilar. Jadid ziyolilari va islom ulamolari istiqlolchilarning g’oyaviy rashnamolari va mafkurachilari. «Turkiston milliy birligi» tashkiloti va uning faoliyati. MAVZU: Farg’ona vodiysida Madaminbek va Shermushammadbek faoliyati. Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati va Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati.Madaminbekning istiqlolchilar safiga qo’shilishi. Istiqlolchilarning Madaminbek tomonidan yagona bayroq ostiga birlashtirilishi. Madaminbek - amir al-muslimin. Eski Marg’ilon, Namangan, Andijondagi janglar. Rus krest’yanlar armiyasi bilan ittifoq. Andijon, O’sh va Jaloloboddagi mag’lubiyatlar. Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumatining tuzilishi va faoliyati. 1920 yil yanvardagi mag’lubiyatlar. 1920 yil 6 martda Skobelev shashrida Madaminbek va 2-Turkiston o’qchi diviziyasining qo’mondoni N.Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida tuzilgan sulh. Madaminbekning xoinona o’ldirilishi. Shermushammadbek (1893-1970)ning kurash maydoniga kirishi. 1920 yil maydagi G’oyibota qishlog’i qurultoyi. Shermushammadbekning amir al-muslimin deb e`lon qilinishi. Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining tuzilishi va hukumat tarkibi. Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati Muvaqqat Konstitutsiyasining qabul qilinishi (1922 yil 15-20 aprel, Samarqand). Shermuhammadbekning Buxoro va Xorazm istiqlolchilari bilan aloqasi. Shermushammadbekning xorijiy davlatlar bilan diplomatik munosabatlari. Shermushammadbekning Buxoroga chekinishi (1922 yil dekabr’) va Afg’onistonga o’tishi (1923 yil bahori). Shermuhammadbekning Afg’oniston va Turkiyadagi hayoti va faoliyati. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling