A. A. Isoqboyevning Istiqlolchilik
Istiqlolchilik harakati tarixi
Download 0.82 Mb.
|
istiqlolchilik harakati tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va harakatlantiruvchi
Istiqlolchilik harakati tarixifanidan O`QUV DASTURI 200000– Gumanitar fanlar va san`at 220000- Gumanitar fanlar 5220200–Tarix Namangan - 2007 Tuzuvchi: A.Isoqboyev Taqrizchilar: t.f.n. dots. S.YUlchiboyev t.f.n., dots. R.Soliyev Dastur Namangan Davlat universiteti uslubiy ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilingan ko`rib chiqilgan va tavsiya etilgan. 26 iyun’ 10-sonli majlis bayonnomasi. Mazkur dastur O`zbekiston tarixi kafedrasining 2007 yil 16 maydagi yig’ilishida muhokama qilingan Bayonnoma № 10 Kafedra mudiri: t.f.d. A. Rasulov. Ushbu dastur Tarix fakul’teti Ilmiy kengashining 2007 yil 22 maydagi yig’ilishida muhokama qilingan va ma`qullangan. Bayonnoma № 9. Fakul’tet dekani: t.f.n. S.Boltaboyev Kirish XX asr O`zbekiston tarixida, o`zbek xalqi hayotida ham chuqur iz qoldirdi. Xalqimiz bu asrda bir-biridan farqli bo`lgan uch xil tuzumni boshdan kechirdi. Rossiya imperiyasi va mustabid sovet totalitar tartiboti asoratlari ortda qoldi. 1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e`lon qilinishi esa o`zbek xalqi tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo`ldi. 5220200-bakalavriat tarix mutaxassisligi kunduzgi bo`limi talabalari uchun mo`ljallangan Istiqlolchilik harakati tarixi fani Vatanimiz xalqlarining 1917-1935 yillarda mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashlari tarixini o`rganadi. Fanni o`rganish jarayonida o`zbek xalqining doimo erkinlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganliklari haqidagi tarixiy haqiqatni etkazish bilan birgalikda, talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uslublarini tadqiq etishga asosiy e`tibor qaratiladi. Istiqlolchilik harakatining mohiyati, sabablari va harakatlantiruvchikuchlari. Petrograddagi 1917 yil oktyabr’ davlat to`ntarishi. Qo`qonda Turkiston muxtoriyatining tuzilishi. Turkiston muxtoriyatining qonga botirib tor-mor keltirilishi. Qizil armiya qismlari va arman dashnoqlarining Farg’ona vodiysidagi xunrezliklari. «Bosmachilik» atamasi va uning sovet tarixchilari tomonidan tomonidan talqini. Istiqlol uchun kurashning boshlanishi, Katta va Kichik ergashlar faoliyati. Qo`rboshilar qurultoylari va ularning istiqlolchilik harakati tarixida tutgan o`rni. Turkiston qo`rboshilari: jangovar faoliyati va qismati, harakatning g’oyaviy mafkurachilari. Istiqlolchilarni yagona bayroq ostiga birlashtirishda qo`rboshilarni tutgan o`rni. Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazm qo`rboshilari. Qo`rboshilar siyosiy qiyofasiga chizgilar. Jadid ziyolilari va islom ulamolari istiqlolchilarning g’oyaviy rahnamolari va mafkurachilari. «Turkiston milliy birligi» tashkiloti va uning faoliyati. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling