Portal haqida
Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan.
Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir.
Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi.
Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.
Inernet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
Portal tarkibi va bo'limlari
Portal ikki tildagi versiyalarga ega bo'lib quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
a) asosiy - "Bosh sahifa", "Dasturchilarga", "Yangiliklar"
b) qo'shimcha - "Portal yangiliklari", "Ommabop ma'lumotlar", "Tashkilotlar", "Portal haqida", "Qayta aloqa", "Ma'lumotlardan foydalanish shartlari".
а) Asosiy bo'limlar
"Bosh sahifa" bo'limi
Ushbu bo'lim portal bosh sahifasi bo'lib u portalning mohiyatini yoritib beruvchi bannerlar va belgilar shaklidagi ma'lumotlar hamda Portal haqidagi anonslardan iborat yangiliklarni o'z ichiga oladi.
Izlash funksiyasi portaldagi ma'lumotlarni tezda topish imkonini beradi.
Portal bosh sahifasidan boshqa sahifalarda joylashgan asosiy ma'lumotlarga kerakli havolalarni bir marta bosish (klik) orqali o'tish mumkin.
"Dasturchilarga" bo'limi
Ushbu bo'limda, qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos bo'lgan mashina o'qiy oladigan formatdagi ochiq ma'lumotlar taqdim etiladi.
"Yangiliklar" bo'limi
Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan yangi ma'lumotlar ushbu bo'limda to'liq tarzda berib boriladi.
"Statistika" bo'limi
Ushbu bo'limda foydalanuvchilar ochiq ma'lumotlar to'plamlari hamda ularni e'lon qilgan davlat va xo'jalik boshqaruv organlariga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
"Ochiq ma'lumotlar lug'ati" bo'limi
Ushbu bo'limda foydalanuvchilar portal faoliyatiga oid maxsus atamalar va ularning ma'nolari bilan tanishib chiqishlari mumkin.
"Qonunchilik hujjatlari" bo'limi
Ushbu bo'limda portal faoliyatining normativ huquqiy asoslari keltirilgan.
b) Qo'shimcha bo'limlar
"Portal yangiliklari" bo'limi
Ushbu bo'limda yangiliklar anonsi joylashtiriladi. Bir marta bosish (klik) orqali yangiliklarning asosiy sahifasiga o'tiladi hamda tanlangan mavzu bo'yicha to'liq matn ochiladi.
"Ommabop ma'lumotlar" bo'limi
Mazkur bo'lim foydalanuvchilar tomonidan ko'p murojaat etilgan ma'lumotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
"Tashkilotlar" bo'limi
Mazkur bo'limda ochiq shaklda ma'lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari ro'yxati keltirilgan.
"Portal haqida" bo'limi
Mazkur bo'limda foydalanuvchiga portalning xususiyatlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
"Qayta aloqa" bo'limi
"Qayta aloqa" bo'limi portal administratoriga xabarlar jo'natish sahifasi hisoblanadi. Jo'natuvchi ushbu sahifada ism, familiya, e-mail, telefon raqami va manzili kabi barcha zarur aloqa ma'lumotlarni qoldirishi mumkin. Tegishli katakchaga xabaringiz matnini kiritish - har qanday fikr, savol, shikoyat yoki biror bir taklif yuborish mumkin.
"Ma'lumotlardan foydalanish shartlari" bo'limi
Ushbu sahifada ma'lumotlardan foydalanish uchun belgilangan shartlar keltiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |