A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va


Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1088705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
26 ilova

Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka 
va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar 
O‘quv modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka
va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim sohasi bo‘yicha Maktab 
kutubxonalari rahbar va xodimlari malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning 
tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi. 
Malaka oshirish kursi bo‘yicha tinglovchilar quyidagi bilim, ko‘nikma, malaka 
hamda kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi: 
Tinglovchi: 
- xalq ta’limiga oid hamda maktab kutubxonalari xodimlarining faoliyatini 
takomillashtirishga tegishli amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu sohadagi 
yangiliklarni; 
- maktab kutubxonalari xodimlari ishi nazariyasi va amaliyotini, metodik 
ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini; 
- kutubxona moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini 
tashkil qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borishni; 
- davlatimiz va xorijiy davlatlar ilm-fanining bibliografiya va axborot 
sohasidagi yutuqlari hamda maktab kutubxonalari rahbar va xodimlari jarayonlari 
texnologiyasini; 
- kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishni, ichki tartib-qoidalarga rioya 
etilishi ta’minlanishini; 
- innovatsion faoliyat asoslarini bilishi; 
- davlatimiz va xorijiy davlatlar maktab kutubxonalari xodimlarining ishini 
tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni joriy etish bo‘yicha 
rahbariyatga tegishli takliflar tayyorlash; 
- elektron katalogdan foydalangan holda, maktab kutubxonalari xodimlari
xizmat ko‘rsatishining yangi turlarini, ulardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha 
yangi texnologiyalar, boshqarish metodlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi yangiliklarni 
joriy etish; 


- maktab kutubxonalari xodimlarining ish faoliyatida mavjud bo‘lgan 
kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida rahbariyatga takliflar kiritish; 
- maktab kutubxonalari xodimlariga yuklatilgan vazifa va kasbiy 
majburiyatlarni bajarish, uning ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ijro 
intizomiga rioya qilish; 
- maktab kutubxonalari xodimlari yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantirish, 
ularni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qilish; 
- kutubxonaning axborot izlash tizimlarini yaratish ishlaridagi innovatsion 
jarayonlarni bibliografik, axborot, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishini 
amalga oshirish; 
- maktab kutubxonalari xodimlariga ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri 
foydalanishni ta’minlash hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; 
- maktab kutubxonalari xodimlari faoliyatiga tegishli yangiliklardan 
foydalanish ko‘nikmalariga; 
- faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; 
- foydalanuvchilarning 
kutubxona-bibliografiya 
xizmatlariga 
ehtiyojini 
aniqlash; 
- maktab kutubxonalari faoliyatini avtomatlashtirishga taalluqli ishlarda 
qatnashish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini umumlashtirish, ilg‘or ish 
tajribasini muassasa faoliyatida joriy etishga ko‘maklashish; 
- maktab kutubxonalari xodimlari hamda foydalanuvchilari uchun seminarlar, 
ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil qilish malakalariga; 
- malaka oshirish kursida o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalardan kasbiy 
faoliyatda foydalanish; 
- foydalanuvchilarni yangi asarlardan individual va jamoaviy tarzda xabardor 
qilish hamda bibliografik ma’lumot va axborotlar etkazib berish kompetensiyalariga 
ega bo‘lishi lozim. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling