A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va


 O‘z-o‘zini rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana11.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1088705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
26 ilova

3. O‘z-o‘zini rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari 
Ko‘rgazmalarning turlari: umumta’lim maktab kutubxonalarida ko‘rgazma 
ishlarini tashkil etish.
Umumta’lim maktablari kutubxonalari ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy 
talablar. Kutubxona xodimlarining tashkilotchilik qobiliyatlari. Kutubxona 
faoliyatida boshqa kutubxonalar, milliy madaniy markazlar bilan o‘zaro hamkorlikni 
tashkil etish. 


4. Kutubxona xodimining mas’uliyati va moslashuvchanligi 
Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim 
muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar, 
o‘qituvchilarning bilim olish hamda samarali axborot bilan ta’minlash jarayoni. 
Zamonaviy kutubxonalarni tashkil etish. Kutubxona ishini tashkil etishda ilg‘or 
xorijiy tajribalardan foydalanish. 
Ta’lim muassasasi maktab kutubxonalarining ish rejasi maqsadlar, vazifalar
va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. Ta’lim muassasasi maktab kutubxonalarining 
yillik ish rejasini tuzish. 
Rejalashtirish bosqichlari: maqsadlar va vazifalarni shakllantirish, ustuvor 
yo‘nalishlarni tanlash, rejaning shaklini ishlab chiqish faoliyatini nazorat qilish. 
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 
Inklyuziya va inklyuziv ta’lim tushunchasi. O‘quvchilarni jismoniy, 
intellektual, ijtimoiy, emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar birga 
o‘qitishni tashkil qilish. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal 
etish usullari. 
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga 
oid me’yoriy hujjatlar. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumta’lim 
maktablarida 
sog‘lom 
bolalar 
bilan 
bir 
qatorda 
ta’lim 
olishlarini 
qo‘llab-quvvatlashning turli strategiyalari. 
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning 
psixologik jihatlari.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling