A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1075234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20 ilova




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA 
YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy 
o‘quv dasturi 
A.Avloniy nomidagi 
PKRYMO‘MTI
 Ilmiy kengashining
2022-yil “31”-maydagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan
va tasdiqqa tavsiya etilgan
 
 
Tuzuvchilar: 
M.Ergasheva - A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy 
rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-
tadqiqot instituti, Xalqaro baholash va ta’lim sifatini tadqiq 
qilish ilmiy-tadqiqot bo‘limi ilmiy xodimi, b.f.n., dotsent 
M.Alinazarova – aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi 
mudiri, PhD 
D.Azamatova – aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi 
katta o‘qituvchisi 
 
Taqrizchilar:
Carlise Womack Wynne – Shimoliy Jorjiya universitetining
Ta’lim kolleji professori, ta’lim fanlari doktori 
Sh.Xasanova -Navoiy viloyat Pedagogika markazi aniq
va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi kafedrasi dotsenti, p.f.f 
doktori (PhD) 
 
 


KIRISH 
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108 Farmoni
va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son 
qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi 
“Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash 
maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof 
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar 
siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan 
ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar 
asosida xalq ta’limi muassasalari tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 
o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish 
hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat siyosati, 
mas’uliyat 
va 
moslashuvchanlik, 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalari
va mediasavodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni 
joriy etish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlarda innovatsiya
va zamonaviy yondashuvlar, baholashning innovatsion yo‘llari kabi dolzarb masalalarni 
o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka
va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni 
umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati
va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida 
shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim
va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish 
hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling