modellari va tiplari. Ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni
qabul qila olish,
ularni egallash va o‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish. Pedagogik jamoa va uning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Inklyuziya va inklyuziv ta’lim tushunchasi. O‘quvchilarni jismoniy,
intellektual,
ijtimoiy, emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar birga o‘qitishni tashkil
qilish. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid
me’yoriy hujjatlar. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumta’lim maktablarida
sog‘lom bolalar bilan bir qatorda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashning
turli
strategiyalari.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning
psixologik jihatlari.
6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda
foydalanish masalalari:
– qonunchilik normalarini bilish hamda ularga rioya qilish;
– mamlakatda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlardan xabardor bo‘lish;
– ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va
kasbiy faoliyatida samarali
foydalana olish;
– o‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda
ishtirok etish;
– bola huquqlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va ularga rioya
qilishni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: