A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
20 ilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturi
- M.Alinazarova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturi A.Avloniy nomidagi PKRYMO‘MTI Ilmiy kengashining 2022-yil “31”-maydagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan Tuzuvchilar: M.Ergasheva - A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy- tadqiqot instituti, Xalqaro baholash va ta’lim sifatini tadqiq qilish ilmiy-tadqiqot bo‘limi ilmiy xodimi, b.f.n., dotsent M.Alinazarova – aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, PhD D.Azamatova – aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar: Carlise Womack Wynne – Shimoliy Jorjiya universitetining Ta’lim kolleji professori, ta’lim fanlari doktori Sh.Xasanova -Navoiy viloyat Pedagogika markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi kafedrasi dotsenti, p.f.f doktori (PhD) KIRISH Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108 Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat siyosati, mas’uliyat va moslashuvchanlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni joriy etish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlarda innovatsiya va zamonaviy yondashuvlar, baholashning innovatsion yo‘llari kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling