A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
20 ilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kursning maqsadi va vazifalari Kurs maqsadi
- Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat: 1. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish 2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik 3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari 4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi 5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari 7. Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 8. O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari Kursning maqsadi va vazifalari Kurs maqsadi: ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy metodika asosida muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat. Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi: tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish; o‘zini-o‘zi rivojlantirishning bosqichli istiqbol rejasini tuzish va amalga oshirishning optimal yo‘llarini o‘rgatish; ta’lim jarayonida pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligining zamonaviy modellari hamda tiplarini o‘rgatish; alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari va ular bilan ishlashning samarali metodlarini o‘rgatish; ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil etish va milliy ta’lim tizimiga moslashtirishni o‘rgatish; tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning yangicha metodikalari bilan qurollantirish; AKTni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli yondashuvlari bilan tanishtirish; pedagoglarning malaka talablariga mos holda kasbiy kompetentligini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling