Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka
va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
Malaka
oshirish
kursi
o‘quv rejasining “Pedagogning kommunikativ
ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “AKT va mediasavodxonlik”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish
va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi”,
“Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini
bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari”, “Fandagi yangiliklar, fanni
o‘qitishning dolzarb masalalari”, “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari
va vositalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka
va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fan o‘qituvchilarining malakasini
oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi, hamda kompetentligiga qo‘yiladigan
malaka talablari bilan belgilanadi.
Kursni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Kursning o‘quv modullari ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar shaklida
olib boriladi.
Ma’ruza darslarida “Muzokara” va “Savol-javob” kabi metod, “Jonli muloqot”,
“Namoyish” singari usullar hamda “VR”, “NazAR” innovatsion texnologiyalaridan
foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda “Blits so‘rov”lari, turli graforganayzerlar, “Aqliy
hujum”, “Intervyu”, “Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhlar bilan ishlash” metodlari,
“QR kod” va boshqa interfaol ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish
toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan kurs tinglovchilariga davlat
namunasidagi sertifikat beriladi. O‘quv modulining har 2 soatini o‘zlashtirganligi
uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |