A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (8-sinf)
Download 203.27 Kb. Pdf ko'rish
|
unFsc5cctqqpDGATrwQKqufXuVHZD9YmUs5EF2H1
Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (8-sinf)
TIMSS Tabiiy fanlar bo‘yicha 8-sinfni baholashning tabiiy fanlar mazmunini to‘rtta asosiy mazmun sohasi belgilaydi: biologiya, kimyo, fizika va geografiya. Ushbu mazmun sohalarining har biri bir nechta asosiy mavzularni va har bir mavzu, o‘z navbatida, bir yoki bir nechta mavzularni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, har bir mavzu doirasida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini aks ettiruvchi aniq maqsadlar bilan tavsiflanadi. Fizika fani O‘quvchilar to‘rtinchi sinfda o‘zlarining kundalik hayotlarida kuzatadigan bir qator fizik hodisalarni fizika fanidagi tushunchalar yordamida qanday tushuntirish mumkinligini bilib olishadi. 4-sinfda fizika fani mazmun sohasiga quyidagi mavzular kiradi: • Moddalarning xususiyatlari va o‘zgarishlari, moddalar klassifikatsiyasi • Energiya shakllari va energiyani uzatish • Kuch va harakat 4-sinf o‘quvchilari moddaning fizik holati (qattiq, suyuq va gaz), shuningdek, moddaning holati va shaklidagi umumiy o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak; bu esa yuqori sinflarda kimyo hamda fizika fanlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Moddalarning xususiyatlari va o‘zgarishlari, moddalar klassifikatsiyasi 1. Moddalarning agregat holati va har bir holatning o‘ziga xos xususiyatlari: A. Moddaning uchta holatini aniqlash va tavsiflash (masalan, qattiq jism aniq shakl va hajmga ega, suyuqlik aniq hajmga ega, ammo aniq shaklga ega emas, gaz aniq shakl va aniq hajmga ega emas). 2. Fizik xossalar moddalarni tasniflash uchun asos sifatida: A. Fizik xossalar asosida jismlar va moddalarni taqqoslash va guruhlarga ajratish (masalan, og‘irlik/massa, hajm, moddaning holati, issiqlik yoki elektr energiyasini o‘tkazishi, suvda qalqib chiqishi yoki cho‘kishi, magnitga tortilishi). [Izoh: 4-sinf o‘quvchilari massa va og‘irlikni farqlay olishmaydi.] B. Metallarning xossalarini bilish (masalan, elektr energiyasi va issiqlik o‘tkazuvchanligi) va bu xossalarni metallardan foydalanish bilan bog‘lash (masalan, mis elektr simi, temir qozon). C. Aralashmalar va ularni fizik usullar bilan ajratishga misollar keltirish (masalan, elakdan o‘tkazish, filtrlash, bug‘latish, magnitga tortilish). 3. Magnitga tortilish va itarilish: A. Magnitlarning ikkita qutbga ega ekanligi, bir xil qutblar itarilishi va qarama-qarshi qutblar tortilishini bilish. B. Ba’zi metall buyumlarni tortib olishda magnitlardan foydalanish mumkinligini bilish. 4. Kundalik hayotda kuzatiladigan fizik o‘zgarishlar: A. Turli xil xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydigan ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlarni aniqlash (masalan, erish, alyuminiy idishning pachoqlanishi) B. Qizdirish yoki sovutish orqali moddaning bir holatdan boshqasiga o‘tishi mumkinligini bilish; suvning agregat holatining o‘zgarishlarini tasvirlab berish (ya’ni, erish, muzlash, qaynash, bug‘lanish va kondensatsiya). C. Berilgan miqdordagi suvda qattiq moddaning erish tezligini oshirish yo‘llarini bilish (masalan, haroratning ko‘tarilishi, aralashtirish va qattiq moddani kichik bo‘laklarga bo‘lish); oddiy erituvchilarning kuchli va kuchsiz konsentratsiyalarini farqlash. 5. Kundalik hayotda kuzatiladigan kimyoviy o‘zgarishlar: A. Turli xil xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalarning hosil bo‘lishiga olib keladigan ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlarni aniqlash (masalan, chirish, oziqovqatlarning buzilishi kabi; yonish; zanglash). Energiya shakllari va energiyani uzatish 1. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan manbalar va energiyadan foydalanish: A. Energiya manbalarini bilish (masalan, Quyosh, oqayotgan suv, shamol, ko‘mir, neft, gaz) va energiya jismlarni harakatga keltirishi va isitishi, yoritish uchun zarurligini anglash. 2. Kundalik hayotda yorug‘lik va tovush: A. Keng tarqalgan fizik hodisalar (masalan, soyalar, aks etish va kamalak)ni yorug‘likning xossalari bilan bog‘lash. B. Keng tarqalgan fizik hodisalar (masalan, jismlarning tebranishi va akssado)ni tovushning paydo bo‘lishi va xossalari bilan bog‘lash. 3. Issiqlikni uzatish: A. Issiqroq jismlarning harorati sovuqroq jismlarga qaraganda yuqoriroq bo‘lishini bilish; issiq jism va sovuq jism bir-biriga tekkizilganda nima sodir bo‘lishini tasvirlab berish (masalan, issiq jismning harorati pasayadi va sovuq jismning harorati ko‘tariladi). 4. Elektr toki va oddiy elektr sistemalari: A. Elektr zanjiridagi elektr energiyasi boshqa energiya shakllari (masalan, issiqlik, yorug‘lik, tovush)ga aylanishi mumkinligini bilish. B. Oddiy elektr sistemalari (masalan, fonar) uchun to‘liq (uzilmagan) elektr yo‘li zarur. Harakat va kuch 1. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan kuchlar va jismlarning harakati: A. Tortish kuchini jismlarni Yerga tortadigan kuch sifatida bilish. B. Kuchlar (masalan, itarish va tortish kuchlari) jismning harakatini o‘zgartirishi mumkinligini bilish; jismga bir xil yoki qarama-qarshi yo‘nalishlarda ta’sir qilayotgan turli xil kattalikdagi kuchlar ta’sirini taqqoslash; ishqalanish kuchi harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi ta’sir qilishini bilish (masalan, itarish yoki tortishga qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadigan ishqalanish kuchi jismning yuza bo‘ylab harakatlanishni qiyinlashtiradi). 1. Sodda mexanizmlar: A. Oddiy mashinalar (masalan, tutqichlar, uzatmalar) harakatni osonlashtiradi (masalan, narsalarni ko‘tarishni osonlashtiradi, zarur bo‘ladigan kuch miqdorini kamaytiradi, masofani va kuch yo‘nalishini o‘zgartiradi). Yer haqidagi fan Yer haqidagi fan Yer, uning Quyosh sistemasidagi o‘rnini o‘rganadi hamda 4- sinfda o‘quvchilarning kundalik hayotda kuzatishlari mumkin bo‘lgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi barcha mamlakatlarda o‘rganiladigan Yer haqidagi fanning o‘quv dasturi nimalarni o‘z ichga olishi haqida yagona fikr bo‘lmasa-da, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘zlari yashayotgan sayyora va uning Quyosh sistemasidagi o‘rnini o‘rganishlarida uchta mavzu muhim hisoblanadi: • Yerning fizik xossalari, resurslari va tarixi; • Yer ob-havosi va iqlimi; • Quyosh sistemasida Yer. Yerning fizik xossalari, resurslari va tarixi 1. Yer sistemasining fizik xossalari: A. Yer yuzasi teng bo‘lmagan nisbatda quruqlik va suvdan iboratligi (quruqlikka qaraganda suv ko‘proq) va havo bilan o‘ralganligini bilish; chuchuk va sho‘r suvlar qayerda bo‘lishini tasvirlab berish; daryo yoki irmoqlardagi suv tog‘lardan okean yoki ko‘llarga oqib kelishini bilish. 2. Yer resurslari: A. Kundalik hayotda ishlatiladigan Yerning ba’zi resurslarini bilish (masalan, suv, shamol, tuproq, o‘rmonlar, neft, tabiiy gaz, minerallar). B. Yerning qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslari (masalan, qazib olinadigan yoqilg‘ilar, o‘rmonlar, suv)dan oqilona foydalanishning muhimligini tushuntirish. 3. Yer tarixi: A. Shamol va suv Yer landshaftini o‘zgartirishi va Yer landshaftining ba’zi xususiyatlari (masalan, tog‘lar, daryo vodiylari) uzoq vaqt davomida juda sekin o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelganligini bilish. B. Tog‘ jinslarida Yerda ancha vaqt avval yashagan hayvon va o‘simliklarning ba’zi qoldiqlari (qazilma qoldiqlari) topilganligini bilish va bu qoldiqlarning joylashishidan Yer yuzasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xulosalar chiqarish. Yer ob-havosi va iqlimi 1. Yerdagi ob-havo va iqlim: A. Suvning agregat holati o‘zgarishi haqidagi bilimlarni odatdagi ob-havo hodisalari (masalan, bulut, shudring paydo bo‘lishi, ko‘lmakning bug‘lanishi, qor, yomg‘ir) bilan bog‘lash. B. Geografik joylashuvga ko‘ra, ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligini tushuntirish (masalan, harorat, namlik, yomg‘ir yoki qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, bulutlar va shamolning kunlik o‘zgarishlari). C. Fasllar va geografik joylashuvga ko‘ra, o‘rtacha harorat va yog‘ingarchilik qanday o‘zgarishi mumkinligini tasvirlash. Quyosh sistemasidagi Yer 1. Quyosh sistemasidagi jismlar va ularning harakati: A. Quyosh sistemasidagi Quyoshni issiqlik va yorug‘lik manbai sifatida bilish; Quyosh sistemasini Quyosh va uning atrofida aylanadigan sayyoralar sifatida ta’riflash. B. Yer atrofida aylanadigan Oy borligini va ushbu yo‘ldosh oyning har xil vaqtida turlicha ko‘rinishini bilish. 2. Yerning harakati va u bilan bog‘liq holda Yerda kuzatiladigan hodisalar: A. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda kun va tun o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini tushuntirish va ushbu aylanishni kun davomida soyalarning ko‘rinishi o‘zgarib turishi bilan isbotlash. B. Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati bilan Yerning shimoliy va janubiy yarim sharlaridagi fasllar qanday bog‘liq ekanligini ta’riflash. Download 203.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling