A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


Download 129.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi129.92 Kb.
#1306707
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Yosh davri v uning shaxs shakllanishiga ta’siri maktabgacha yoshi davri

Ilk bolalik davri: Goʻdaklik davridan soʻng rivojlanishning yangi 
davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi 
eng ahamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr 
hisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning toʻgʻri yurishini, muloqotga 
kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va toʻgʻri yura 
olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni 
egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola oʻz xatti –harakatlari jihatdan juda 
faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan boʻladi. 1-3 yosh 
bola shakllanishda psixik rivojlanishning nihoyatda ahamiyati kattaligini 
inobatga olgan holda ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tugʻilganidan to 
yetuklik davrigacha boʻlgan psixik rivojining taxminan oʻrtalari 3 yoshga 
toʻgʻri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar 
predmetlarni oʻrganish olamiga kadam qoʻyadilar. U endi kattalar bilan nutq 
orqali muomala –munosabatda boʻla oladi va elementar axloq qoidalariga 
amal qila oladi. Kattalar bilan boʻladigan muloqot orqali bola atrof hayot 
haqida boshqa yoʻnalishlarga qaraganda 10 xissa koʻproq ma’lumot oladi. 


Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va oʻz oʻzini 
shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni oʻrganish 
hisoblanadi. Goʻdaklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi 
bolalar narsalarga koʻproq qiziqish bilan qaraydilar. Agar goʻdak bola qoʻliga 
ushlagan narsani oddiy harakatlantirib koʻrsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet 
qismlarini diqqat bilan oʻrganganidan soʻnggina oʻz amaliy faoliyatida 
ishlatadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini soʻrabgina 
qolmay bu soʻzlarni talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish 
darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 
yoshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha soʻzni ishlata oladi. 
Shuningdek soʻzlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni toʻgʻri tuza oladilar.
Shuni alohida koʻrsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun 
senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur 
harakatlarining yangi koʻrinishlar tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni 
ketma-ket, sistemali ravishda koʻrib chiqa olmaydi. U asosan predmetning 
qandaydir bir koʻzga tashlanib turadigan belgisiga oʻz e’tiborini qaratadi va 
predmetlarni shu belgilariga koʻra taniydi. 
Kattalarning bu yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab 
qolishini talab etishlari notoʻgʻri boʻlib, buning uchun mos davr bu 4-5 yosh 
hisoblanadi. Bu yeshdagi bolalar soʻzlardagi barcha tovushlarni idrok eta 
oladilar. 
Bola 3 yoshigacha oʻzlashtirgan soʻzlar asosan predmet va 
harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funktsiyasini anglatib 
bu predmet yoki harakatning tashqi koʻrinishi oʻzgarsa ham uning nomi 
oʻzgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini 
funktsiyalariga bogʻlagan holda tez oʻzlashtiradi. 
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur 
operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila 
olganidan soʻng esa uni sinchiklab oʻrganishida koʻrishimiz mumkin. 


Ularning tafakkurlari asosan koʻrgazmali harakatli boʻlib, u atrof olamdagi 
turli bogʻliklarni oʻrganishga xizmat qiladi. O’zidan uzoqroq turgan koptokni 
biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini koʻrgan bola endi 
mustakil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak yerdamida olish 
mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida 
umumlashtirish katta oʻrin tutadi. 
Bogʻcha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, 
tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola 
ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini 
bilishga yordam qiladigan uyinchoklar berish lozim(bolalarning kugirchoklari 
uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va 
shuning singari narsalar juda yaxshi bladi). 
Bogʻcha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning 
koʻzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar 
xam, lekin chuur taxlil kilmaydilar. 
Bogʻcha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni 
analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega boʻladilar. Buning uchun bolalar 
suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil 
kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar diqqatini:
1. suratning mazmunini(syujetini) tugri idrok kilishga, 
2. suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning 
urnini tugri idrok kilishga, 
3. tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga 
karatish kerak. 
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yoʻldoshidir. Shuning 
uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoyat kattadir. Bogʻcha 
yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz boʻladi. Bogʻcha yoshidagi 
bolalarda ixtiyoriy diqqatning usib borishi uchun uyin juda katta ahamiyatga 
ega. Uyin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan 
ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. 


Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga 
kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. 

Download 129.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling