A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


Download 129.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi129.92 Kb.
#1306707
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Yosh davri v uning shaxs shakllanishiga ta’siri maktabgacha yoshi davri



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
OʻRGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
“O‘ZINI-O‘ZI RIVOJLANTIRISH VA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH 
MASALALARI” moduli boʻyicha 
 
 
“YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASINING INSON SHAKLLANISHI 
VA RIVOJLANISHI JARAYONIGA TA’SIRI”
 
 
oʻquv kursining
“Yosh davri va uning shaxs shakllanishiga ta’siri: maktabgacha yoshi 
davri” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Kubayev Ma’ruf Qosim oʻgʻli 
Toshkent 2022 
 


Yosh davri va uning shaxs shakllanishiga ta’siri: maktabgacha yoshi 
davri 
Reja: 
 
1. Maktabgacha yosh davrining oʻziga xos jihatlari 
2. Goʻdaklik davrida yuz beradigan oʻzgarishlar 
3. Ilk bolalik davri xususiyatlari 
4. Bogʻcha yoshidagi bolalarning rivojlanish bosqichlari 
 
Annotatsiya. Bugungi hayot tez oʻzgaruvchan ijtimoiy va texnologik 
sharoitlarning ta'siri tufayli odamning moslashishiga oʻta ehtiyoj bilan 
tavsiflanadi. Har bir yosh davrlarida ham koʻp oʻzgarish kuzatilmoqda. 
Quyida aynan shunday yosh davrlariga xos oʻzgarishlar haqida soʻz boradi. 
Kalit soʻzlar. Rivojlanish bosqichlari. Yosh davrlari xususiyatlari. 
Goʻdaklik davri. Reaksiya tezlig. Qoʻzgʻatuvchilar. Fiziologik mexanizm. Ilk 
bolalik davri. Ijtimoiy omil. Tashqi ta’sir. Qarshilik koʻrsatish. Ichki 
taranglikni susayishi. 
Goʻdaklik davri: (0-1 yosh): Inson oʻzining mavjudligi jihatidan uch 
yoʻnalishda talqin etiladi. Bu bolalik tizim, ijtimoiy borliq hamda shaxs 
sifatidir. 
Ilk goʻdaklik bu bolaning himoyasiz, kamharakat, harakat holatidan 
juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U juda 
tez kattalar bilan munosabat oʻrnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan 
foydalanishga oʻrganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni 
qoʻli bilan ushlab ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor 
beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni oʻzi yaratishga harakat qiladi. 
U oʻz onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. 
Goʻdak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda 
tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofdagi hodisalarga juda kam 
reaktsiyasi boʻlgan boladan, faol koʻra oladigan, eshita oladigan, harakatlana 


oladigan, yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan 
quvonadigan bolaga aylanadi. 
Goʻdak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, oʻz onasining yuzini va ovozini 
yaxshi biladi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga 
tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 3-4 oyligidan boshlab esa, 
bolalar yaqinlariga oʻz harakatlari bilan koʻrish, eshitish yoki gapirishni 
xohlayotganligini koʻrsatadilar. 8 oylikdan boshlab esa, bola begona muhit va 
begona qoʻlga tushsa oʻz xavotirini yigʻisi orqali nomoyon etadi bu xavotir 
esa 14-18 oylikga borib asta –sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan ushlay olish harakatlarining 
shakllantirish ularda predmetlarning shakli va kattaligini idrok qilishlarini 
rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yaqin bolada atrof muhitni bilishga 
qiziqishga va rivojlangan bilish faolligi koʻzga tashlanadi.

Download 129.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling