A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti
Download 129.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Yosh davri v uning shaxs shakllanishiga ta’siri maktabgacha yoshi davri
Ilk bolalik davri: Goʻdaklik davridan soʻng rivojlanishning yangi
davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr hisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning toʻgʻri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va toʻgʻri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola oʻz xatti –harakatlari jihatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan boʻladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nihoyatda ahamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tugʻilganidan to yetuklik davrigacha boʻlgan psixik rivojining taxminan oʻrtalari 3 yoshga toʻgʻri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni oʻrganish olamiga kadam qoʻyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda boʻla oladi va elementar axloq qoidalariga amal qila oladi. Kattalar bilan boʻladigan muloqot orqali bola atrof hayot haqida boshqa yoʻnalishlarga qaraganda 10 xissa koʻproq ma’lumot oladi. Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va oʻz oʻzini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni oʻrganish hisoblanadi. Goʻdaklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga koʻproq qiziqish bilan qaraydilar. Agar goʻdak bola qoʻliga ushlagan narsani oddiy harakatlantirib koʻrsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan oʻrganganidan soʻnggina oʻz amaliy faoliyatida ishlatadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini soʻrabgina qolmay bu soʻzlarni talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 yoshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha soʻzni ishlata oladi. Shuningdek soʻzlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni toʻgʻri tuza oladilar. Shuni alohida koʻrsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur harakatlarining yangi koʻrinishlar tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda koʻrib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir koʻzga tashlanib turadigan belgisiga oʻz e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga koʻra taniydi. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari notoʻgʻri boʻlib, buning uchun mos davr bu 4-5 yosh hisoblanadi. Bu yeshdagi bolalar soʻzlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar. Bola 3 yoshigacha oʻzlashtirgan soʻzlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funktsiyasini anglatib bu predmet yoki harakatning tashqi koʻrinishi oʻzgarsa ham uning nomi oʻzgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funktsiyalariga bogʻlagan holda tez oʻzlashtiradi. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila olganidan soʻng esa uni sinchiklab oʻrganishida koʻrishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan koʻrgazmali harakatli boʻlib, u atrof olamdagi turli bogʻliklarni oʻrganishga xizmat qiladi. O’zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini koʻrgan bola endi mustakil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak yerdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta oʻrin tutadi. Bogʻcha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan uyinchoklar berish lozim(bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va shuning singari narsalar juda yaxshi bladi). Bogʻcha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning koʻzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar xam, lekin chuur taxlil kilmaydilar. Bogʻcha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega boʻladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar diqqatini: 1. suratning mazmunini(syujetini) tugri idrok kilishga, 2. suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri idrok kilishga, 3. tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish kerak. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yoʻldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoyat kattadir. Bogʻcha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz boʻladi. Bogʻcha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning usib borishi uchun uyin juda katta ahamiyatga ega. Uyin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Download 129.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling