A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

7.3.13 . «Muntaxab ut-tavorix*
“ M untaxab ut-tavorix” ( “Saylanma tarix”) asarining muallifi qo'qonlik 
yirik tarixchi olim Hakimxon to'radir (taxm.1802 - vafot etgan yili m a’lum 
emas). Ota tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalaridan biri, 
yirik ilohiyot olimi Maxdumi A ’zam Kosoniy ( 1461/62—1542/43)ning avlodi, 
ona tarafidan Q o'qon xoni N orbo'taxon (1770—1800)ning nabirasidir.
Otasi sayyid M a’sum xon to 'ra U m arxon davri (1809— 1822)da va 
M uham m ad Alixon hukm ronligi (1822—1842)ning dastlabki yillarida 
xonlikning shayxulislom i lavozim ini egallab turgan. H akim xon to 'ra
M uham m ad Alixon hukm ronligi aw alid a N am angan, T o 'ra q o 'rg 'o n va 
Kosonsoyda hokim bo'lgan. Lekin, k o 'p o 'tm ay otasi ham , o 'zi ham
x o n n in g g 'a z a b ig a d u c h o r b o 'lib , eg a lla b tu rg a n la v o z im la rid a n
bo'shatilganlar va haj m arosim ini ado etish uchun A rabistonga jo 'n a tib
yuborilgan. Otasi yo'lda, M ozori sharifda 1834-yili vafot etgan. Hakimxon 
to 'ra esa k o'p m ashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, 
Iroq, Suriya va Falastin orqali M akkaga yetib bordi. O 'sh a n d a 1834-yili 
u Orenburgda podshoh A leksandr I bilan uchrashish sharafiga m uyassar 
bo'lgan. H akim xon to 'ra M akka va M adina ziyoratidan qaytgach, 1828- 
yili, M uham m ad Alixondan cho'chib Q o'qonga borm adi va qolgan umrini 
Kitobda kechirdi. O 'zining yozishicha, K itobda uning qarindoshlari va 
ozm i-ko'pm i yer-suvi bo'lgan.
Hakim xon to 'ra yirik tarixnavis olim bo'lib, o'zining “ M untaxab ut- 
tavorix” asarini 1843-yilning 29-m ay kuni yozib tam om langan.
“ Muntaxab ut-tavorix”da qadimiy zam onlar, islomiyatdan aw al o'tgan 
Payg'ambarlar, qadimgi Eron podshohlari, Xitoy va Yevropaning qadim iy
241


podshohlari, xalifayi Roshidindan to M ovarounnahm ing M ang'it va Ming 
sulolasidan chiqqan oliy hukm doriar zam onigacha kechgan tarixi bayon 
etiladi.
A sarda Q o 'q o n xonligining xonlik asoschisi S h o h ru h x o n (1 7 0 9 - 
1721 )ning o 'g'li va toj-taxt vorisi Abdurahim xon (1721 — 1724) zam onidan 
to N orbo'taxon, O lim xon va U m arxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. 
Asarda m uallifning Rossiya, Turkiya, Iroq, Shorn (Suriya) va boshqa 
m am lakatlarga qilgan sayohati chog'ida olgan taassurotlari va o 'sh a 
m am lakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va hayot tarzi haqida 
keltiigan m a’lum otlari ham diqqatga sazovordir.
“ M u n tax ab u t-ta v o rix ” n ing q o 'ly o z m a n u sx alari kam . U n in g
D ushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanayotgan 
forscha fotonusxasini A hror M uxtorov 1983-yili ikki kitob holida chop 
etd i. A sam in g o 'z b e k c h a nusxasi ham b o 'lib , h o z ird a O 'z R FA 
S harqshunoslik instituti xazinasida (raqam i № 594) saqlanm oq da. 
K itobning ikkinchi jild i tan q id iy m atni yapon iy alik o lim la r Yayoi 
Kawahara va Koichi H aneda tom onidan Tokio shahrida 2006-yili e ’lon 
qilindi.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling