A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.3 .3 . «M aktuboti Allomiy»
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
4 .3 .3 . «M aktuboti Allomiy»
“ Maktuboti Allomiy” - “ Maktuboti Abulfazl” , “ Inshoyi Abulfazl” (’’Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va ko'chirilgan) maktublar”)i deb hamataladi. Maktublaming asosiy qismi Boburiylarsaltanati (1526—1858)ning atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar (1556-1605) nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. To'plam uch qismga bo'lingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, ya’ni ikkita daftari yetib kelgan, xolos. U Allomiyning qarindoshi Abdusamad ibn Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan. Maktuboti Allomiy”da 1586— 1596-yiIlarda Buxoro va Balx xonliklari ilan Boburiylar davlati (Hindiston) o'rtasidagi siyosiy munosabatlar aqida o'ta qimmatli ma’lumotlami uchratam iz. M a’lumki, o'sha yillari •ndistonning nafaqat Buxoro va Balx xonliklari, balki Eron bilan ham munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar 35 davlatlari o'rtasidagi siyosiy munosabatlar Badaxshon tufayli, to ‘g‘risi Badaxshonni o'z hukmronligiga kiritib olish xususida bir qadar buzilgan bo'lsa, Safaviylar Eroni bilan Hindiston o'rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik ahamiyatga ega bo'lgan Q andahor xususida birmuncha buzilib qolgan edi. Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning mohiyatini tushuntirib bera oladigan daliliy ma’lumotlar ko'p. Bu jihatdan Akbaming Abdullaxonga yo'llagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono M ir Quraysh, Ahmad otaliq boshchiligida Hindistonga yuborgan elchiligi, va Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbaming Balx bilan Buxoroga xoja Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijahon boshchiligida yo'llagan elchiliklari xususida qimmatli m a’lumotlar keltirilgan. Yana bir m uhim m asalani ham aytib o ‘tishga to 'g 'r i keladi. M aktublaming birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki davlat — Boburiylardavlati va Buxoro xonligi hukmdorlarining maxsus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko'tariladi. “ Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir qo'lyozm a nusxasi (tartib raqam i 290, 154 varaq) O 'zb ek isto n Respublikasi F an lar akademiyasining Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling