A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .3 . Rasmiy yozishmalar
Rasmiy yozishm alar, ya’ni xonlar, podshohlar, am irlar, tariqat 
yetakchilari va shoirlar o'rtasidagi yozishmalar ham tarixiy manba bo'lib 
xizmat qiladi va uning ham ijtimoiy-siyosiy tarixni o'rganishdagi ahamiyati 
kattadir. Ular, ayniqsa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo 
m unosabatlarni o'rganishda tadqiqotchilarga katta m aterial beradi. 
Shunday maktublardan ko'plari o'z vaqtida ko'chirilib kitobat qilingan 
va ulardan b irm unchalari bizning zam onim izgacha yetib kelgan. 
“ Maktuboti Tem uriya” ( “Tem uriylarning m aktublari”), “ Majmuayi 
murosilot” (“ Maktublar to'plam i”) va boshqalar shular jumlasidandir.
4 .3 .1 . «M aktuboti Temuriya»
“ Maktuboti Tem uriya” hozirda O'zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida 2278-raqam 
ostida saqlanayotgan, 191 varaqli XVI asrda kitobat qilingan maktublar 
majmuasining nomidir.
Eronlik olim Abulhusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, 
Ozarbayjon va Fors hukmdorlarining xatlarini ham qo'shib, 1991-yili 
“ Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Tem ur to shoh Ismoil” nomi bilan 
nashr etgan. Mazkur to'plam ga Amir Tem ur va Temuriylar (Shohruh. 
Sulton Husayn va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, Iraq va Turkiya 
hukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan.
Bu yozishmalar Amir Temur va Temuriylarning mazkur mamlakatlar 
bilan bo'lgan siyosiy munosabatlari tarixini o'rganishga, xususan Amir 
Temuming 1381-1404-yillari Eron, lroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya 
ustiga qilgan harbiy yurishlarining saboqlarini to'g'ri anglashga yordam beradi.
Mazkur to'plam Haydar va Er o'g'lining “ Majmuayi m unshaot”. 
xoja Shahobiddin Abdulla Marvoridning “ M unshaot” , Frudunbekning 
“ Munshaoti Fridunbek” asarlariga ham asoslangan.
“ Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashhur shayx, Amir Temuming 
pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395-yili vafot etgan)ning 
o'z muridi Amir Temurga yo'llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi.
32


Amir Temur bu maktubni “Temur tuzukJari”ning “Tadbiriar va kengashlar” 
deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur 
maktub haqida, xususan, mana bulami o'qiymiz: “ Pirim Zayniddin Abubakr 
T aybodiy m enga y o z m ish la rk im , “ A b u lm an su r T e m u r sa lta n at 
yumushlarida to'rt ishni qo'llasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvarutu maslahat;
3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki, kengash va 
mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va (podshohning) aytgan 
gaplari xato bo'lgan. Unday podshohni johil odamga qiyoslash mumkin. 
Uning so'zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. 
Shunday ekan, saltanatni boshqarishda, mashvarutu maslahat va tadbir 
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo'lmagaysan. 
Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi sabr-u toqat 
bilan bo'lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko‘rib-ko‘rmaslikka 
solish bilan bitur. (Xullas) tadbiriardan ogoh qilingandan keyin shuni 
ham aytish joizdurkim, qat’iylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, 
ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.” 
Amir Tem ur pirining bu o'gitlariga um r bo'yi, butun faoliyati davomida 
amal qildi. “ Bu maktub, - deb yozadi hazrat sohibqiron, - menga yo‘l 
boshlovchi yanglig' rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining to'qqiz 
ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich 
bilan bajo keltirilishini anglatadi” 1.
“To‘plam ”dagi quyidagi m aktublar Am ir Tem um ing Eron(Fors), 
Ozarbayjon va Turkiyaga nisbatan 1381 —1404-yillarda olib borgan 
siyosatini va nomlari sanab o'tilgan mamlakat hukmdorlarining Amir 
Temurga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini 
tushunishda yordam beradi:
Iroq hukmdori Sulton Ahmad jaloir (1 3 8 2 -1 4 10)ning Fors hukmdori 
MuzafTariy Shoh Shujo’ (1359— 1384)ga yozgan maktubi;
Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1 3 8 9 - 1420)ning Yildirim Boyazid
I (1389-1402) ga yo'llagan maktubi;
Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi;
Shoh Shujoning birodarzodasi Shoh M ansur (1387-1393) ning 
Yildirim Boyazid I ga yozgan xati;
Yildirim Boyazid I ning Shoh M ansuiga javob maktubi;
Amir Temur ko'ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi;
__Sultoni A'zam Amir Tem ur ko'ragonning Sayyid Ali Kiyo buzurgga
(Gilon) yuborgan xati;
1 “ T em u r tuzuklari". -T o sh k cn t. 1996. 25-bct.
33


Sayyid Ali Kiyo buzurgning Amir Temurga yozgan javob xati;
Amir Temur ko'ragonning Bag'dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirga 
yoMlagan maktubi;
Bag'dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirning hazrat Amir Temurga 
javob maktubi;
Amir Temur ko'ragonning Misr podshosiga yozgan maktubi;
Sulton Ahmad jaloirning Yildirim Boyazid I nomiga yoMlagan maktubi;
Yildirim Boyazid 1 ning Sulton Ahmad Jaloirga yuborgan javob xati;
Qora Yusuf Qoraqo‘yunluning Yildirim Boyazid Iga yuborgan nomasi;
Amir Temuming Yildirim Boyazid I ga yoMlagan yoMlagan birinchi 
maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga gustoxona javob xati;
Amir Temuming Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi;
Rum podshosi Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob 
xati;
Amir Temuming Rum qaysari Yildirim Boyazid I ga yoMlagan uchinchi 
maktubi;
Yildirim Boyazid I ning Amir TemuiTga javob maktubi;
Amir Temuming Sulton Boyazidga yoMlagan to ‘rtinchi maktubi;
Sulton Yildirim Boyazid I ning hazrat Amir Temurga yoMlagan javob 
maktubi;
Amir Temuming Yildirim Boyazid I ga sulh taklif qilib Marog'adan 
jo'natgan maktubi;
Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati1.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling