A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 .6 . Turli masalalar haqidagi hujjat, Tarmon va maktublar


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .3 .6 . Turli masalalar haqidagi hujjat, Tarmon va maktublar
Yer-suv, Juybor xojalarini soliq va jarimalardan ozod qilish, ularga 
tegishli yerlarga Vaxsh daryosidan suv chiqarish uchun turli viloyatlardan 
hasharchilami safarbar qilish, oldi-sotti haqida berilgan farmonlar va 
Juybor xojalariga jo ‘natilgan maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining 
A bdullaxon soniydan shikoyat qilib Ju y b o r xojalariga yuborgan 
arznomalari, K oshg'arva Badaxshon hukmdorlarining xoja M uhammad 
S a’d (1531 — 1532—1589) nom iga yoMlagan m aktublari Badriddin 
Kashmiriyning “ Ravzat ar-rizvon” asarida ham ko'p keltirilgan.
Shuni alohida ta ’kidlab o ‘tish kerakki, asar muallifining o'z so'zlariga 
qaraganda, uning qoMida xoja Muhammad Islom bilan xoja Muhammad 
Sa’d nomiga kelgan jami maktublar soni 500 dan ortiq bo'lgan. Shundan 
u o'z asariga 132 maktubni kiritgan. M aktublar shayboniy sultonlar 
M uhammad Amin Sulton, Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, 
Kepak Sulton, Dinmuhammad Sulton, Xusrav Sulton, Abulquddus Sulton
38


va boshqalarga tegishli bo'lib, ulardan mamlakatdagi beqarorlik va ur- 
yiqitlaming avj olib ketganligi, soliq va jarimalam ing haddan ortiqligi va 
soliq yig'uvchilaming zulmi tufayli raiyat ahvoli og'irlashib ketganligi, 
xon tarafidan qo'yilgan amaldorlaming zulmidan shikoyat qilinadi.
Masalan, Sulton Sa’idxon (1530-1533)ning inisi Xuboyberdi Sultonga 
tegishli bir xatda, xususan bunday deyilgan: “Qo'shhokimiyat orqasida 
Shayxin va Ofarinkent tumanlari xalqi Buxoro va Miyonqol taraflarga 
ko'chib ketdi” . Maktub oxirida Xudoyberdi Sulton Xoia Islomdan ulami 
vatanlariga qaytarishda ko'm ak berishlarini iltimos qiladi. Sulaymon 
Sultonning o'g'li M ahmud Sultonning Xoja Sa’dga yo'llagan maktubi 
ham e ’tiborga molikdir. M aktubda Sulton Abdullaxon tarafidan o'ziga 
otaliq1 etib tayinlangan Xushimbiy ustidan shikoyat qiladi. M aktubdan 
m a'lum bo'lishicha, otaliq sultonga tegishli hamm a narsani, xususan 
davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha daromadni egallab olgan. 
Masalan, har yili xirojdan to'planadigan 30 ming xoniydan sultonga bir 
chaqa ham bermay qo'ygan.
Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Hindiston, Koshg'ar, Turkiya 
va Eron podshohlari tarafidan Juybor xojalariga yuborilgan maktublaming 
nusxalari keltirilgan. Masalan, Koshg'ar xoni Abdurashidxon, Muhammad 
Quraysh Sulton va Badaxshon hukmdori temuriyzoda Sulaymonshohning 
maktublarida mamlakatning ichki ahvolidan va Balx xonlarining tazyiqidan 
shikoyat qilinadi.
XVI asrda o'tgan xurosonlik yozuvchi Zayniddin Vosifiyning “ Badoyi’ 
ul-voqoyi’” ( “Ajoyib voqealar”) degan m em uar asarida shayboniy 
hukmdorlaming maktublari, fathnomalari va yorliqlaridan ba’zilarining 
nusxalari ilova qilingan. Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar 
Ubaydullaxon, Jonibek Sulton va boshqalarning 1512-yili temuriyzoda 
Bobuming Najmi soniy boshliq Eron (qizilbosh) askarlari ustidan 
q ozongan g 'a la b a si va o 's h a U b ay d u lia x o n n in g K o sh g 'a r xoni 
Abdurashidxon bilan ittifoqda qozoq sultonlari ustidan qozongan g'alabasi 
munosabati bilan M ovarounnahm ing barcha viloyatlari, Koshg'ar va 
boshqa mamlakatlarga yuborgan fathnomalari bor.
M azkur asarda T o sh ken t xoni N a v ro 'z A h m adxon-B aro qx on
tomonidan berilgan bir hujjat, yorlig' diqqatga sazovordir. Hujjatda mazkur 
xonning Sayyid Sham suddin M uham m ad Kurtiy sadrga viloyatda
Toshkent viloyatidagi barcha konlar suyurg'ol1 qilib berilgani aytilgan.
T em uriylar, Shayboniylar. A shtarxoniylar va M a n g 'itlar d avlatida eng oliy 
idora qiigan^Г S*'a ^1zot*a *a r b a lo g a tg a yclgunlaricha u lam in g m ol-m ulki va hokim iyatini
39


Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan o ‘zlashtirilgan 
barcha yerlar mulk sifatida in'om qilib berilgani aytilgan.
Huquqiy hujjatlar, yorliqlar “ Ravzat ar-rizvon” kitobida ham bor. 
Ulardan ba’zilarini qayd etamiz.
1) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxonning 1579-yilgi farmoni. Unda Hisor, 
Dehi nav — Denov, Kubodiyon va shahri safoning hokimlari — arbobon 
va kalontaronga xoja Sa’dga tegishli yerlami sug'orish uchun Vaxshdan 
chiqarilayotgan ariqni qazish ishlariga 10 ming ishchi, mardikor yuborish 
majburiyati yuklatilgan.
2) M azkur xonning jo ‘yboriy xojalaridan xoja Sa’dga Toshkent 
yaqinidagi Zax ariqni tortiq qilingani haqidagi 1583-yilgi farmoni.
3) Toshkent hokimi Abdulquddus Sultonning Zax ariq atrofidagi 
yerlami xoja Sa’dga suyurg'ol qilib berilgani haqidagi va o ‘sha yerlami 
barcha soliq va jarimalardan ozod qilingani, uning yerlarida ishlash uchun 
ishchi, koranda yuborish haqidagi farmoni.
4) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning hazrat xoja Sa’dning Marvi 
shohijahon viloyatidagi barcha yer-suvi va boshqa mulkini uning faqat bir 
o ‘ziga tegishli ekanligini va uni mol-u jihot, muqarrariy, tarh, sabon2 va 
boshqa soliqlardan ozod etilganligi haqidagi 1578-yil avgustdagi farmoni.
5) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxon tarafidan mulla Muhammadbiy 
nomiga berilgan 1585-yil aprel oyidagi yorlig*. Unda Hisor viloyatining 
hokimlari unga xoja Sa’dning mazkur viloyatdagi yerlami sug'orish uchun 
Vaxsh daryosidan chiqarilayotgan nahmi qazish ishiga 10 ming ishchi
m ardikor to 'p la b berishlari va nomi zikr etilgan am irning barcha 
ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishlari zarurligi aytilgan.
6) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxonning xoja Kalonga, xoja Sa’dga 
Yazd va Isfahon viloyatlaridan yer-suv in’om qilish — darubast haqidagi 
1588-yil oktabr-noyabr oyidagi farmoni.
7) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning xoja Sa’dning suyurg'ol yerlarini 
o ‘g‘illari xoja Tojiddin bilan xoja Abdurahim o ‘rtasida taqsimlash va bu 
yerlami soliq va jarimalardan ozod qilish to'g'risidagi 1590-yil yanvar- 
fevral oylaridagi farmoni.
8) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning xoja Tojuddin Hasanning Marv 
viloyatidagi yer-suvini barcha soliq va jarimalardan ozod qilish to'g'risidagi 
1590-yil fevral-mart oylaridagi farmoni.
Yurtimiz tarixiga oid hujjatlarni o'rganish va ilmiy tadqiqotlarga tadbiq
1 Suyurg'ol — davlat oldidagi katta x izm a tlar uchun bcrilgan ycr-suv, mulk.
1 Sabon - hosil baynim i, sabon to 'y n i o ‘tkazish uchun ah o lid an olinadigan yig'im , sabon 
to ‘y xarajatlari
40


• 
h h a li 
talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki 
hufarsiz 
tarixni, ayniqsa uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o'rganib 
b o 'lm a y d i. 
Bizning fikrim izcha, eng a w a lo , ulam i ilmiy tavsiflab, 
k a ta lo g la rin i 
nashr qilish zarur.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling