A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .2 . 0 ‘zbekiston tarixiga oid hujjatlar


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .2 . 0 ‘zbekiston tarixiga oid hujjatlar
4 .2 .1 . Juybor xojalarining hujjatlari
Juybor xojalarining hujjatlari XVI asiga doir bo'lib, ular Buxoro 
xonligining ijtim oiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini o'rganishda katta 
aham iyatga egadir. Yirik yer-suv va m ol-m ulk egasi bo'lgan xoja 
. M uhammad Islom va xoja Sa’dning, u xoja Kalon nomi bilan mashhur 
bo'lgan, jamiyatdagi mavqeiga oid huquqiy hujjatlardir. To'plamdagi 
hujjatlar forsiy matni va ruscha taijimasi P.P. Ivanov (1893—1942) ning 
tadqiqotlari bilan 1938 va 1954-yillarda ikki jild qilib Sankt-Peterburgda 
nashr qilingan.
To'plam Juyboriy xojalaridan xoja Sa’d (1531/32— 1589)ning mol- 
mulkiga oid 288 hujjatdan iborat. Ular yer-suv, d o'kon, hamm om, 
karvonsaroy, tegirmon, oshxona va boshqa daromad keltiruvchi mulkning 
oldi-sottisiga oid vasiqalardir.
Juybor xojalari o'z davrida katta mol-mulkka ega bo'lgan boy-badavlat 
kishilar edilar. Xoja M uhammad Sa’d ikki ming jufti gov, 100 ming 
tanob yeri, yigirma ming qo'yi, ming bosh tuyasi, bir yarim ming oti, 
yirik shaharlarda ko'plab d o'konlari, tim lari, tegirm on, ham m om . 
moyjuvoz va boshqa turdagi ishlab chiqarish va savdo korxonalari bo'lgan.
28


Bular Xoja 
kalonning otasidan qolgan meros mulki, xonlar va boy-badavlat 
o d a m la m in g
hayr-ehsonlari, shuningdek sotib olingan, zarxarid mulkdir.
Q uyida ushbu 
to'plamdagi ayrim hujjatlar matni o'zbek tilida keltirildi, 
toki ta la b a la r u la r 
to'g'risida umumiy tasaw uiga ega bo'lsinlar.
4 .2 .2 . «M ajm u’ayi vasoyiq*
''M a jm u ’ayi v a s o y iq ” ( “ V a siq a la r t o 'p la m i" ) — S a m a rq a n d
qozixonasiga tegishli va XVI asming oxirida tuzilgan huquqiy hujjatlar, 
vasiqalar to'plam idir. U nd ajam ’i 735 ta hujjat bo'lib, xronologik jihatdan 
1588
-
1
5 91-yillami o'z ichiga oladi. Ushbu hujjatlar turli ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar, meros taqsimlash, kasb-hunar, shogirdlik bilan bog'liq, savdo 
do'konlari, yer-suv va hovli-joyni ijaraga qo'yish kabi m asalalarni 
rasmiylashtirishga bag'ishlangan. Hujjatlaming yana bir muhim tomoni 
shundaki, ularda XVI asrda Samarqandda amalda bo'lgan kasb-hunarlar: 
zargarlik, kulolchilik, rangrezlik, atto rlik, kimuxgarlik, chitboflik, 
sangtaroshlik, shamshiigarlik, qog'oz ishlab chiqarish, zardo'zlik, sarrojlik, 
duradgorlik, kulohgarlik, sahhoflik-muqovasozlik, xattotlik, kitobfurushlik 
va to'qsondan ortiq kasb-hunar haqida m a’lumot mavjud.
“ M ajm u’ayi vasoyiq” ning yaxshi qo'lyozm asi hozirda O 'zR FA
Sharqshunoslik in stitu tin ing xazinasida 1386 tartib raqam i bilan 
saqlanmoqda. Hujjatlaming bir qismi rus va o'zbek tillariga taijima qilinib, 
chop etilgan. Abdurauf Fitrat va V.S.Sergeev ulardan faqat 36 nafarini 
tanlab olib rus tiliga taijima qilganlar va 1937-yili Toshkentda nashr 
etganlar. H ujjatlardan 237 tasi, y a’ni taxm inan uchdan bir qismi 
sharqshunos olim B.Ibrohimov (1908—1978-yy.) tarafidan o'rganilib, 
o'zbek tiliga taijima qilingan edi. Bu ish 1982-yili B.Ahmedov, O.Jalilov, 
M.Karimova, T.Fayziyev va G.Ostonova tarafidan nashiga tayyorlandi 
va chop etildi. Undan ayrim nam unalar quyida keltirildi.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling