A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
M av/uni mustahkamlash uchun savollar
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Yozma manbaning ilmiy aham iyati nima bilan belgilanadi 4 - M A V Z U . H U J J A T L A R Darsning mazmuni
- Asosiy tushunchalar
M av/uni mustahkamlash uchun savollar
/. Yozma manbalaming qanday ta vsif usullari mavjud? 2. Kodikologik та ’lumotlar deganda nimani tushunasiz? 3. Yozma manbadagi asaming tarkibi va mazmuni qanday tahlil qilinadi? 4. Yozma manbalar tarkibi qanday qismlardan iborat bo ladi? 5. Yozma manbaning ilmiy aham iyati nima bilan belgilanadi? 4 - M A V Z U . H U J J A T L A R Darsning mazmuni: H ujjatlam ing O 'zbekiston tarixining m uhim manbalari ekanligi, ulaming o'ttiz to 'rt turi, eng muhimlari to'g'risida tasaw ur beriladi. Rcja: 4.1. Hujjatlar O'zbekiston tarixining muhim manbalari. 4.2. O'zbekiston tarixiga oid hujjatlar. 4.3. Rasmiy yozishmalar. 4.4. Turli masalalar haqidagi hujjat, farmon va maktublar. Asosiy tushunchalar: Suyboriy xojalari, amirlik, xonlik, yorliq, vasiqa. 25 4 .1 . Hujjatlar — O 'zbekiston tarixining muhim manbalari Rasmiy hujjatlami o'rganish — diplomatika - tarix fanining yordamchi ilm sohalaridan biri bo'lib, shuning uchun juda muhimki, hujjatlardagi qimmatli ma’lumotlar boshqa yozma manbalardagi tarix va tarixda o ‘tgan voqea, hodisalami ovdinlashtirishga, ulami tushunishga va hatto qayta ko‘rib, yangi fikr, mulohaza va tasawurga olib kelishi mumkin. Yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga oid yozma manbalar qatorida yuz yoki yuz ellik mingdan ziyod hujjatlami o'rganish, ulardagi qimmatli m a’lumotlardan foydalanib, o'z tariximizning qorong'i sahifalarini yoritish katta ilmiy ahamiyatga ega. Biz hujjat degan so'zning ikki ma’nosi borligini eslatmoqchimiz. Birinchisi — hujjat, dokument, akt m a’nosida bo'lib, podshohlar, amirlar, xonlar, yirik davlat amaldorlari va qozilar nomidan bitilib, ulaming shaxsiy dastxati va muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar. Bular juda kam hollarda asl nusxada uchraydi, aksariyat hollarda esa, ulaming naql qilingan, qayta ko'chirilgan nusxalari saqlangan. Ikkinchi m a’nosi - o'tm ishdan qolgan hokim, davlat idoralari, xususiy shaxslarga tegishli maktublar, insholar, arznoma va qaydlami bildiradi. Respublikamizda yurtimiz tarixiga oid boy hujjatlar xazinalari bo'lib, mutaxassislar fikricha, ularda jami yuz ellik mingdan ziyod hujjat mavjud. Hujjatlaming eng boy xazinasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida bo'lib, ulaming umumiy soni yuz mingdan ko'pdir. Ular, asosan Qushbegi arxivi, Buxoro amirlari, Xiva xonlari, viloyatlar hokimlari devon va m ah kam alariga tegishli h u jja t, XV—XIX asrlarga oid vaqfnomalardan iboratdir. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo'lyozma xazinasida taxminan o 'n mingdan ziyod hujjat mavjud bo'lib, ular, asosan vaqfnomalar, yorliqlar, savdo bitimlari, qarz vasiqalari, ijaraga oid tilxat, da’vo arizalar va boshqa turli mazmundagi rasmiy hujjatlami tashkil qiladi. Ular O 'rta Osiyo hududida yaratilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa viloyat va shaharlardagi muzey va arxivlarda ham bir necha ming hujjatlar saqlanmoqda. 1873-yili Xorazm Rossiya tom onidan zabt etilganidan so'ng Xiva xoni devonidagi hujjatlar m o'tabarqo'lyozm alar qatorida Sankt-Peterburg shahriga olib ketilgan edi. Ancha m uddatdan so'ng, ya’ni 1936-yili sharqshunos olim P.P.Ivanov Rossiya Milliy kutubxonasi — sobiq M.E. Saltikov-Shchedrin nomli Xalq Davlat kutubxonasida Xivadan olib ketilgan hujjatlaming bir qismi saqlanayotganini aniqladi. Ular 137 ta hujjat edi. Keyinchalik M.Yu.Yo'ldoshev Rossiya Fanlar akademiyasining 26 S harqshunoslik institutida to'qqizta hujjatni aniqlab, ulami o'iganib, nashr etdi. S h u n d a y qilib, jami 155 ta Xiva hujjatlari chop etildi. Mazmuniga ko'ra u la m i ikki qismga: kirim -chiqim qaydlari daftarlari (M ehtar, Q ushbegi, Devonbegiga tegishli) va xon amaldorlari nomlari qayd etilgan d aftarlarga ajratish mumkin. 1967-yili Rossiya Milliy kutubxonasida yana uch mingdan ko'proq Xiva xonlari hujjatlari borligi aniqlandi va 1962-yili awal aniqlangan hujjatlar bilan birga Toshkentdagi 0 ‘zbekiston Davlat arxiviga keltirildi. Bu hujjatlar, asosan, Xiva xoni nom iga yozilgan arznom alar, turli amaldorlarga m urojaatnoma, soliq yig'ini to ‘g ‘risida m a’lumotnoma, yurtda olib borilgan turli tadbiriar, kanal qazish, turli ta ’mir ishlari to ‘g‘risida edi. Xiva hujjatlarining m a’lum qismi O 'zR FAning Abu Rayhon Bemniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida ham mavjud. Bu yerda to'rtta qozixona faoliyatini qayd etgan daftarlar bo'lib, ularda qozixonalarda amalga oshirilgan tadbiriar - savdo, qarz, d a ’vo, vasiyat va boshqalar to'g'risida m a’lumotlar bitilgan. Bu hujjatlarda Xiva xonligi hududiga kiruvchi Hazorasp, Qipchoq, M ang'it, Q atag'on, Q o'ng'irot, Shahobod, Toshovuzlarda amalga oshirgan ishlarzikri mavjud. Bu daftarlarda 1893— 1912-yillarda tuzilgan 28205 ta hujjat qayd etilgan. O 'zbekiston tarixiga oid hujjatlarni O .D .C hexovich, P.P.Ivanov, M.Yo'ldoshev, E.Yu.Bregel, T .N e’matov, A.Shayxova va boshqa olimlar o'rganganlar. Ammo, ulaming tadqiqotlari chuqur ilmiy xarakterga ega bo'lib, asarlari ancha vaqt ilgari chop qilingan, hozirgi kunda ular kamyob nashrlarga aylangan. O 'z b e k isto n tarix ig a oid h u jja tla rn i o 'rg a n is h m u am m o lari O.D.Chexovich tom onidan 1969-yili alohida maqolada yoritilib, olima ularning o'ziga m a’lum bo'lgan o 'ttiz to 'rt turi borligini qayd qilgan bo'lib, ulaming nomlarini keltirgan. Ular quyidagilar: 1. O m onnom a — harbiy vaziyatda tinch qo'yish va xavfsizligini ta ’minlash haqidagi hujjat; 2. Ariza — m urojaatnoma bilan ta ’minlash; 3. Ahdnoma — kelishuv; 4. Barot - soliq olish huquqini beruvchi hujjat; 5. V aqtnom a — m a ’lum m o l-m u lk n i v aq f q ilish , y a ’ni xayriya tashkilotlariga o'tkazish xususidagi hujjat; 6. Vasiyatnoma; 7. Vasiqa; 8. Vasiqai batot — savdo xususidagi vasiqa; 9. Vasiqai bahshish — tuhfa qilinganligi to'g'risidagi hujjat; 10. Vasiqai joiz — garov to'g'risida hujjat; 11. Vasiqai ijoza — ijara to'g'risidagi hujjat; 12. Dafiar - soliqlar haqidagi yoki am aldorlar nom alari va m aoshlari qayd qilingan ro'yxat; 13. noyatnoma — tuhfa — oliy mansabdor shaxs tom onidan berilgan hujjat; 27 14. Istimolatnoma — soliqni undirish haqidagi buyruq; 15. Kabola — savdo haqidagi (X-XV I asrlarga oid) hujjat; 8. Mahzar — janjal qaydi; 9. Manshur — farmon; 10. Misol — viloyatni boshqarish huquqini beradigan farmon; 19. Muboraknoma — hokim devoni buyrug‘i yoki u to ‘g‘ridagi m a’lumot; 20. Nishon — manshur bilan bir m a’nodagi hujjat; 21. Rivoyat — muftiy tomonidan bahsli masala bo‘yicha chiqarilgan yuridik qaror; 22. Sulhnoma — sulh to'g'risidagi shartnoma; 23. Tilxat — qarz olinganligi to'g'risidagi hujjat; 24. Fathnom a - harbiy g'alaba to'g'risidagi e ’lon; 25. Fatvo - rivoyat ma’nosida; 26. Farmon; 27. Xatti vakolat; 28. Xatti da’vo, ariza; 29. Xatti nikoh — nikoh shartnomasi; 30. Xatti taraka — meros taqsimlash haqidagi hujjat; 31. Xatti ibro - qarzdan ozod qilish yoki da’vodan voz kechish to'g'risidagi hujjat; 32. Hukm — qozi yoki hokim hujjati; 33. H ukm nom a - hukm hujjati; 34. Yorliq - xon tomonidan lavozimga tayinlash haqidagi hujjat. Ushbu darslikda huquqiy hujjatlar (podsho va xonlaming farmonlari, yorliqlar, inoyatnomalar, rahnomalar, vasiqalar, vaqfnomalar) haqida tushuncha berilib, ayrim namunalar taijimalari hamda rasmiy yozishmalar xarakteri, maktublaming qisqa mazmuni bayon qilingan. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling