Oliy va maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti fakultet
Download 248.94 Kb.
|
sevinch
OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FAKULTET Yo’nalishi MUSTAQIL ISH MAVZU: Bajardi: Topshirdi: Toshkent-2022 Mazmunni ifodalovchi jihatlar: badiiy niyat,mavzu,muommo,g’oya,konsepsiya Reja:
2.Mazmunni ifodalovchi jihatlar:mavzu,muommo,g’oya,konsepsiya 3.Badiiy asar haqida tushuncha 4.Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi 1.Shakl va mazmun birligi Badiiy asar ichki yaxlitligini mazmun va shaklning o’zaro munosabati tashkil qiladi. Badiiy mazmun shakl vositasida ifoda qilinayotgan mohiyat bo’lsa, badiiy shakl esa o’sha mazmun-mohiyatni o’quvchiga etkazish vositasidir. Ularning o’zaro mavjudligigina emas, balki biri ikkinchisini taqozo qilishi badiiy asar yaxlitligini tashkil qiladi. Voqelikda mavjud narsalarning bari o’zining tashqi ko’rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun) ega. Shu bois ham "shakl" va "mazmun" kategoriyalari umumfalsafiy xarakterga ega bo’lib, ular voqelikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo’linish shartli, negaki, ular – yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo’lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zero, shakl narsaning biz bevosita ko’rib turgan,his qilayotgan tomoni bo’lsa, ayni shu shakl bizga o’sha narsaning nima ekanligini mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo’lsa, biz uning shaklini ko’rib "stul", ya‘ni, “o’tirish” uchun mo’ljallangan “moslama" deb aytamiz. Stulga xos bo’lgan tashqi ko’rinish uning shakli bo’lsa, mazmuni shu shakl ifodalayotgan "o’tirish” uchun mo’ljallangan “moslama" ekanligidir. Ko’ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun muayyan shakldagina reallashadi, mavjud bo’la oladi. Aytaylik, o’sha stulning shaklini parokanda qilsak qismlarga ajratib Yuborsak, shaklning yo’qolishi bilan mazmun ham yo’qoladi,zero, endi narsaning o’zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo’lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Mazmunning shaklga o’tish hodisasi genetik asosga egadir. Buni muayyan turg’un janrlar misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, "g’azal" janri dastlab paydo bo’lganida mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo’lganligi so’zning lug’aviy ma‘nosi bilan izohlanishi mumkin. Ya‘ni, so’z ma‘nosidan kelib chiqsak, "ayollarga xushomad, muhabbat" mazmunidagi she‘riy asar g’azal deyilgan. Keyincha, g’azal o’z mazmuniga mos eng muvofiq shaklga ega bo’lgach,u shakl hodisasiga turg’un she‘riy janrga aylandi. 2.Mazmunni ifodalovchi jihatlar:mavzu,muommo,g’oya,konsepsiya Badiiy mazmun o’z tarkibiga mavzu, g’oya, muammo kabi tushunchalarni oladi.
3.Badiiy asar haqida tushuncha Badiiy asar – adabiyot va san‘atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan, badiiy butunlikdagi timsollarning mazmunan bog’langan qismi; ijodkor va kitobxon o’rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy asar-adabiyot va san‘atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy butunlikdagi timsollar mazmunan bog’langan tizimi, shuningdek, ijodkor va kitobxon o’rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy adabiyot ko’plab badiiy asarlarning majmuasi bo’lib, ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb etadi va ijodkor adabiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi nafis san‘atning hamma turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo’llaniladi.
4.Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan,ammo asarning umumiy g’oyasi aniqlangan bo’ladi; ijodiy niyat bo’lg’usi badiiy matnning shakl shamoyilida ko’rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi. Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so’zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni kuzatiladi. Ijodiy niyatning tug’ilishi va uning betakror o’ziga xosligi shaxs ruhiyatining teran qatlamlaridan kelib chiqadi. Mana shu kreativ (ruhiy teran qatlam) ijodkorning barcha asarlarida sezilib turadi. Badiiy asar ildizlarini quyidagi holatlar tashkil qiladi: a) ijodkor kreativi (shaxsning ruhiy olami teranligi) u ijod qiladigan barcha asarlar matniga ta‘sir ko’rsatadi; b) ijodkorning fikrlash usuli (uslubi) matn strukturasini, ichki bog’lanishlarini tashkil etadi; v) shaxsning faolligi, xalq bilan muloqot ehtiyoji, qobiliyati qanchalik kuchli bo’lsa, uning asarlari xalqqa, jamiyatga shunchalik ta‘sir ko’rsatadi. Badiiy ijod – ijodiy niyatning, fikrning matnda shakllantirilishi va ijodiy niyatning o’zidan “ayrilib”, xalqqa, o’quvchi, tinglovchi, tomoshabinga etib borish jarayonidir. Demak, badiiy ijod (xususan, adabiy ijod) boshqa ijod turlaridan o’zining kutilmaganligi (favquloddaligi), go’zallik qonuniyatlari asosida bino qilinishi va muallif ijodiy mehnatining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ijodiy niyat – asarning yaratilishi haqidagi fikr va g’oyaning paydo bo’lishi,badiiy mazmunni yuzaga chiqaruvchi ilk omil bolib, u badiiy shakl komponentlari orqali yuzaga chiqadi. Badiiy niyat amalga oshishi uchun hayot materiali saralanib, yozilajak asarning rejasi tuziladi. Reja qaysi janr orqali yozilishi aniqlanadi. Asarning mavzusi taxmin qilinadi, asar orqali ifodalanmoqchi bo’lgan fikr oldindan taxminiy belgilanadi. Asarda aks etishi mumkin bo’lgan muammolar uning echim yo’llari, ijro davomida amal qilinadigan hodisalar, tendensiya, an‘analar davomiyligi, asarning ifoda uslubi belgilanadi. Ko’rinadiki, badiiy niyat asar hayot materialining qayta ishlanishidan tortib asar yozilib bo’lgunga qadar kechgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san‘atkorning voqelik bilan munosabati, voqelikni o’zicha (o’zining estetik ideali,dunyoqarashi,sajiyasi, madaniy-ma‘rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug’ma iste‘dodi kuvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o’laroq yuzaga keladi. Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo’lsa-da, ko’zga tashlanib turadi, boshqacha aysak, ijodiy niyatasarning san‘atkor ongidagi xomaki eskizidir. Download 248.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling