A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.5 . Asar tarkibining tahlili
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 .6 . M anbaning mazmuniga qarab tahlil etish
3 .5 . Asar tarkibining tahlili
An’anaga ko'ra, tarixiy asarlar «Bismillohi Rahmonu Rahim* so'zidan keyin hamd, tahm id — Allohga hamdu sano bilan boshlanadi. So'ngra, na’t - M uhammad Payg'ambam ing ta’rifi, maqtovi bitiladi. Yana to'rt sahobalar-Xalifai Roshidin, ya’ni to 'g 'ri yo'ldan yurgan xalifalar - Abu Bakr Siddiq, Um ar, Usmon va Alilaming madhi o'rin oladi. Shundan keyin tarixchi o 'z asariga homiylik qilgan shaxsni ulug'laydi. Alohida ibora «Ammo ba’d* so'zidan so'ng muallif o'zi va yozmoqchi bo'lgan asari to'g'risida ixcham m a’lumot yoki shu xususida ayrim tafsilotlarni zikretadi. Buni mualliflar muqaddima yoki debocha deb ataydilar. Mana shundan so'ng asaming asosiy mazmuni bayon etiladi. Tarixiy asarlarda, asosan ikki uslubda voqealar bayon etiladi. a) Xronologik tartibda, ya’ni yilma-yil. Bu tartibda «Tarixi Tabariy», ♦Mujmali Fasixiy», «Matla’ as-sa’dayn* va «Bobumoma» kabi asarlaryaratilgan. b) Tarixiy asarlarda eng muhim voqealar alohida sarlavha ostida bayon etiladi. Bundan tashqari turli hududlarda yuz bergan voqealar alohida bayon etilishi mumkin. Yana ayrim tarixiy asarlarda yuqoridagi usullar aralash holida ham kelishi mumkin. 3 .6 . M anbaning mazmuniga qarab tahlil etish Har bir asaming mazmuni muallifning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yoritilgan b o 'lad i. M anbadagi asam ing mazmunini yoritish juda muhim va mas'uliyatli ish bo'lib, kitob bilan to la tanishib chiqishni taqozo etadi. Pedagog-m utaxassis yozma Ahm cdov B.A. O 'zb ek isto n tarixi m anbalari. - T oshkcnt: O 'q itu v ch i. 2001. 68, 263 va boshqa bctlar. 23 manbalardagi asaming boy mazmunini talabalarga ixcham va lo'nda tarzda bayon etishi zarur. Bunda yozma manbalar to'g'risidagi mavjud tavsif — kataloglar hamda ensiklopedik m a’lumotlardan foydalanishi mumkin. Um um iy tarixga oid asarlarning aksariyatida voqealar bayoni o ‘z xususiyatiga ko'ra ikki xil bo'lishi mumkin: a) Boshqa tarixchilar tomonidan bayon etilgan voqealar zikrini muallif ixcham holda yoki aynan keltiradi. Asaming bu qismi kompilyatsiya, ya’ni o'zlashtirma deb ataladi. Kompilyatsiya so‘zi inglizcha compile - tuzmoq m a’nosini anglatadi. b) Muallifning shaxsan o ‘zi m a’lumot yig‘ib voqealami bayon etgan qismi original, yangi qismi deb ataladi. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling