О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti “Tasdiqlandi”
Download 53.28 Kb.
|
Силабус АКТ zooinjeneriya 2021 лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- QISHLOQ XО‘JALIGIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR FAN SILLABUSI
- FAN SILLABUSI Toshkent davlat agrar universiteti Fan tо‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: (ТФЕМ2202)
- Fan bо‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Talablar: Fan uchun mas’ul kafedra: Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi
- Fanning maqsadi
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI “Tasdiqlandi” О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor, professor_________ S.Islamov 2021 yil “ ____” ________ QISHLOQ XО‘JALIGIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR FAN SILLABUSI
Kafedra mudiri, dotsent Z.K.Kusharov Fan о‘qituvchilari, katta o’qituvchi G.Bo’riboyeva
Toshkent – 2021 yil FAN SILLABUSI Toshkent davlat agrar universiteti Fan tо‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: (ТФЕМ2202) Fan nomi: Qishloq xо‘jaligida AKT Semestr/Yil: IV semestr/ 2021-2022 о‘quv yili Kafedra: Axborot texnologiyalari va matematika Soatlar/kreditlar miqdori: 2 ECTS (30 auditoriya soati)
Fan bо‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Talablar: Fan uchun mas’ul kafedra: Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi Instruktor tо‘g‘risida ma’lumot Instruktor: katta o’qituvchi G.Bo’riboyeva Kafedra joylashgan joyi: Iqtisod binosi, 8 kavat,810-xona Telefon: 97-4217988 E-mail: gulchehra.islomova@yandex.ru Fan tavsifi Agrar sektorni kompleks rivojlantirish asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Buning uchun asalarichilik tarmog‘idagi hamkor korxonalar faoliyatini muvofqlashtirishda katta hajmdagi axborotlar majmuyi zarur bo‘ladi. Chunki asalarichilik tarmog‘idagi barcha agrotexnik jarayonlarni obi-tobida amalga oshirish uchun zaruriy qarorlar qabul qilishda axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash zarurati vujudga keladi. Masalalarning murakkabligi va mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda iqtisodiy tahlil, ekspert baholash kabi usullardan foydalaniladi. Ushbu kurs yordamida talabalar asalarichilikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini kо‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama о‘rganadilar. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qо‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yо‘nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bо‘yicha har tomonlama bilimlarga ega bо‘ladilar. Fanning maqsadi Ushbu Sillabus asosida fanning maqsadlarini tavsiflaydi. Bu talabalarga “Paketli asalarichilik yoki Qishloq xо‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalar” bо‘yicha bilimlarining nazariy asoslarini, fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, ushbu soha bо‘yicha amaldagi qonunlar va uning tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni tadbiq etish kо‘nikmasini hosil qilish. Maqsadlar talabalarga quyidagilarni о‘rganish imkonini beradi: mustaqil fikrlashni namoyish etish; mustaqil ishlashga tayyorlash; axborotlarni qayta ishlash uchun texnik ta’minot, zamonaviy operatsion tizimlar funksiyalari bilan tanishish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni yechishni о‘rganish; tarmoq texnologiyalari bilan tanishish va internet xizmatlaridan oqilona foydalanish; iqtisodiyotni turli sohalarida raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalanish asoslarini о‘rgatish va ularda ishlash; elektron xukumat elementlari bilan ishlashda amaliy kо‘nikmalar va nazariy bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiqish; elektron biznes turlari bilan tanishish va elektron savdo amallarini bajarishni о‘rganish; katta hajmdagi kelib tushayotgan axborotlarni samarali qayta ishlash uchun intellektual tizimlari va biznes-analitikadan foydalanish. Download 53.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling