A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
British Museum by Rieu
Charles. - London: 1888. 432 p.) katalogidagi manba tavsifi tamoyilini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib raqami birinchi bo'lib sarlavha o'm ida berilib, so'ngra qo'lyozmaning kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o'lchami, sahifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So'ngra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning taijimasi ajratilib berilgan. So'ngra muallif nomi va asaming boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to'g'risidagi ma’lumot va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi, ya’ni o'iganilishi to'g'risidagi ma’lumotlar berilgan. Qator mavjud kataloglar asosida O 'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham mustaqil ravishda qo'lyozm a manbalami ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar. Unda manbaning quyidagicha tavsifi berilgan: Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning ruscha tarjimasi, qo'lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. So'ngra asar muallifi nomini asli arab yozuvida va ruschada keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to'g'risida (imkon darajasida to'liq), asar m azm unining tarkibi va qisqacha bayoni (annotatsiyasi) keltiriladi. Ba’zi o'rin lard a asar boshlanish va oxirgi jumlalari qo'lyozmadan aynan arab yozuvida keltiriladi. Taijimon va xattotlar nomlari arab yozuvida va ruscha yoziladi. Tavsif ixcham kodikologik m a ’lu m o tla r — xati, q o g 'o z i, ziy n ati, xattot nom i, qo lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o'lch am i va adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi. M. Hasaniy «Sharq qo'lyozmalarini tavsiflash va fihristlash* nomli nsolasida O 'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 19 instituti qo'lyozm a fondi tajribasini um um lashtirib, magistrantlarga tushuntirishga harakat qilgan. Bulardan tashqari yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini «O'zbekiston ensiklopediyasi» va «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi* sahifalarida ko'rishimiz mumkin. M ustaqillik davrida m anbashunoslikka oid B.A .A hm edovning « 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari* va «O'zbekiston tarixi manbalari* asarlari chop etilgan edi. Olim manbalaming yozilgan tillariga qarab va yana huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid asarlar, biografik, mem uar asarlar, sayyohlaming, elchilarning esdaliklari mavjudligini qayd etadi. B.A.Ahmedovning asarlarida yozma manbalar alohida emas, balki muallif nomi ostida keltirilgan. Bundan tashqari tarixchi har bir tarixiy daviga qisqa ta ’rif be^gan. Mazkur darsliklaming ijobiy xususiyati sifatida ularda daliliy m a’lumotlami ko'pligi, ilmiyligini qayd etish mumkin. Faqat ularda materiallar akademik nashrlar kabi joylashtirilgan va dars o'tish xususiyatlari inobatga olinmagan. A.Habibullayevning «Adabiy m anbashunoslik va matnshunoslik* qo'llanmasi va A.A.Madraimov tuzgan «Manbashunoslikdan m a’ruzalar majmuasi* da yozma manbalar to'g'risida talabalarga ma’lumotlar berishda dars jarayoni xususiyatlarini e ’tiboiga olishga harakat qilingan. Faqat A.Habibullayev qo'llanmasida adabiy manbashunoslikka katta e ’tibor berilgan. Unda ma’lumotlar quyidagi tartibda bayon etilgan: Mavzu nomi. Adabiyotlar. Dars mazmunining qisqa izohi. So'ngra dars mazmunining bayoni, alohida atam alar va oxirida savollar berilgan. A.A.Madraimov tuzgan ma’ruzalar matnida ma’lumot bayoniningtartibi quyidagichadir 1. Mavzu nomi. 2. Dars rejasi. 3. Asosiy tushunchalar. 4. Darsning mufassal mazmuni. 5. Materialni mustahkamlash uchun savollar va oxirida adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. A.Madraimov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunuslik” (2006) o'quv qo'llanmasida har bir ma’ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, rejasi, asosiy tushunchalar berilgan. Asosiy matnda ma’ruza mavzui rejaga muvofoq atroflicha yoritilib, uning so'ngida mavzuga oid asosiy adabiyotlar ro'yxati, mavzuni mustahkanlash uchun berilagan savollar ilova etilgan. Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari qo'lyozma kitob to'g'risida va sharq manbashunosligiga oid to'plam va kitoblar ham mavjud bo'lib, ularda muhim yozma manbalaming har biriga alohida e ’tibor berilmagan. Lekin, ularda eng m uhim lari to'g'risid a m atn orasida 20 m a ’lu m o tla r keltirilgan hamda manbalaming umumiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Z ik r etilgan darslik va qo'llanma, maxsus adabiyotlaming barchasida o'ziga xos foydali m a ’lu m o tla r mavjudligini tan olamiz. Lekin, ulaming birontasini h am ilm iy -m e to d ik jih a td a n talabalarga manbalar to ‘g‘risida dare berish u ch u n m u k am m al n a m u n a deb olish mumkin emas. Mavjud ilmiy adabiyotlaming tahlili va shaxsiy tajribalarimiz asosida yozma manbalar to ‘g‘risidagi texnik m a’lumotlar va asar mazmunini talabalarga kompleks tarzda tushuntirishning eng samarali va ilmiy- metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi. Talabalarga manba to ‘g‘risida kompleks tarzda m a’lumot berish kerak. Bu esa yozma manbaning kodikologik m a’lumotlar, muallif va uning yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni tahlili, uning tarixnavisligini tushuntirishdan iboratdir. Darsning o ‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning rejasi, mavzuga oid asosiy tushunchalarni izohlash va qo'shim ch a ko'rgazmali qurollardan foydalanishni qayd etish mumkin. Yozma manbalarto‘g‘risidagi ma’lumotlami quyidagi tartibda tushuntirishni eng ma’qul va samarali ilmiy metodologik uslub deb hisoblaymiz. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling