A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
tariqasida
keltirish yo'li bilan bayon etganlar. Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiy tahlil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muhim va qimmatli tomonlarini aniqlash, unda keltirilgan dalillaming ishonchliligi va to ‘g‘risini boshqalaridan ajrata olish hamda eng muhimi asarda bayon etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtayi nazaridan turib baholay olishdan iboratdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani faqat uning bir o'zida keltirilgan dalil va ma’lumotlarga qarab baholab bo'lmaydi. Ba’zi hollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun ham biron asar haqida qat’iy bir fikr aytishdan awal uni o'ziga o'xshash boshqalari bilan solishtirib ko'rish, keltirilgan dalillami bir-biri bilan qiyoslash va tekshirish zarur. Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha m a’lum darajada tajriba to'pladi. Ko'plab yozma yodgorliklaming eng asosiylari asl nusxada - faksimilesi, tanqidiy m atni, taijima va izohli taijimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli qo'lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi flhrist-kataloglarda e’lon qilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik sohasidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi. Xullas, m anbalarni o'rganish bo'y ich a amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun eng qulay va istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ulaming eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga qo'llashni tavsiya etish zarur. So'nggi paytda zamonaviy kompyuterlaming yozma manbalarni tadqiq etish imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Bu o'rinda zamonaviy talaba va pedagog internet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to'ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yo'nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun daliliy m a’lum otlar jamlab, asos bo'lib xizmat qiluvchi dalillami yig'adi. A m aliy m a n b a s h u n o s lik n a z a r iy b ilim va ta jrib a a so sid a manbashunoslikning konkret, muayyan sohasi, bo'lim i, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o 'rg a n ib , eng q im m atlilarin i ilm iy m uom alaga olib kirib, keng jamoatchilikning m a’naviy mulkiga aylantiradi.* * Ushbu mavzuni yoritishda B. Ahmedovili^^j^MmtmtaacaijQanbalari* (2001) asaridan doydalanildi. 13—19-betlar/ KUTUBVr»* ' 7 h i & |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling