A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 .4 .1 . Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish
2 .4 . Arxeografiya
Arxeografiya — yozma manbalami ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo'nalish Respublikamiz Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va sobiq Qo'lyozmalar institutida boshlangan b o 'lib , m a’lum davrgacha F arg'ona vodiysi, S am arq an d , Buxoro va X orazm vilo y atlarig a q a to r arxeografik ekspeditsiyalaruyushtirilgan. Ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullayev, A.Ahmedov, B.Hasanov, O.Jalilov, M.Hakimov, A. Madraimov, Yu. Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir qo'lyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan. H am id Sulaym on (vaf. 1979) A ngliya, Fransiya (1968) va A. Madraimov V. Kyuner bilan birgalikda Hindiston kutubxonalariga (1976— 1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi. Buning natijasida qator yozma manbalar to'g'risida m a’lumotlar, ayrimlarining mikrofilm va fotokopiyalari yurtimizga keltirilgan. Hozirgi pavtda Sharqshunoslik instituti va Islom universiteti qoshida 13 sharq qo'lyozmalarini qabul qilish arxeografik komissiyalari mavjud bo'lib, ularda aholi o'rtasida mavjud yozma manbalaming qiymatini aniqlashga qodir mutaxassislar bor. 2 .4 .1 . Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta-kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to‘g‘ri hal etilishi ko‘p jihatdan har qanday tadqiqotning asosini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog'iga, ya’ni mukammalligiga va daliliy ma’lumotga boyligiga bog'liqdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga - rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi m a’lumotlar qiyosiy solishtirilib tahlil etilsa, ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo'lib, uning ilmiy ahamiyati ham katta bo‘lishi shubhasizdir. Tadqiqot uchun yozma manbalaming qaysi biri asosiy va qaysilari yordamchi rol o'ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog'liqdir. Masalan, iqtisodiy-ijtimoiy masalalami o'rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o'taydigan bo'lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib berishda solnomalar — tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy- badiiy asarlar yetakchi o'rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan biigina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ulami ham tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Manbashunos olimlaming tajribasi shuni ko'rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli m a’lumotlarga boy bo'ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid qimmatli faktlami, tarixiy asarda yo'q m a’lumotlami uchratish mumkin. Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko'p va turli tipdagi manbalarga asoslanib, tadqiq etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo'lajak ilmiy asaming qiymatini va ahamiyatini belgilovchi asosiy va hal qiluvchi omillardan biridir. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling