A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

2 .4 . Arxeografiya
Arxeografiya — yozma manbalami ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib 
topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda 
tutadi. Bu ilmiy yo'nalish Respublikamiz Fanlar akademiyasining Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va sobiq Qo'lyozmalar 
institutida boshlangan b o 'lib , m a’lum davrgacha F arg'ona vodiysi, 
S am arq an d , Buxoro va X orazm vilo y atlarig a q a to r arxeografik 
ekspeditsiyalaruyushtirilgan. Ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullayev,
A.Ahmedov, B.Hasanov, O.Jalilov, M.Hakimov, A. Madraimov, Yu. 
Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir 
qo'lyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan.
H am id Sulaym on (vaf. 1979) A ngliya, Fransiya (1968) va A. 
Madraimov V. Kyuner bilan birgalikda Hindiston kutubxonalariga (1976—
1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi. Buning natijasida qator 
yozma manbalar to'g'risida m a’lumotlar, ayrimlarining mikrofilm va 
fotokopiyalari yurtimizga keltirilgan.
Hozirgi pavtda Sharqshunoslik instituti va Islom universiteti qoshida
13


sharq qo'lyozmalarini qabul qilish arxeografik komissiyalari mavjud bo'lib, 
ularda aholi o'rtasida mavjud yozma manbalaming qiymatini aniqlashga 
qodir mutaxassislar bor.
2 .4 .1 . Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash
tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta-kichik 
tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to‘g‘ri hal etilishi ko‘p 
jihatdan har qanday tadqiqotning asosini tashkil etadigan manbaning sifat va 
salmog'iga, ya’ni mukammalligiga va daliliy ma’lumotga boyligiga bog'liqdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda 
bir emas, balki bir necha manbalar turiga - rasmiy hujjatlar, solnomalar, 
geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi 
m a’lumotlar qiyosiy solishtirilib tahlil etilsa, ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, 
xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo'lib, uning ilmiy ahamiyati 
ham katta bo‘lishi shubhasizdir.
Tadqiqot uchun yozma manbalaming qaysi biri asosiy va qaysilari 
yordamchi rol o'ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog'liqdir. Masalan, 
iqtisodiy-ijtimoiy masalalami o'rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi 
manba rolini o'taydigan bo'lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib 
berishda solnomalar — tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy- 
badiiy asarlar yetakchi o'rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot 
olib borishda faqat asosiy hisoblangan biigina birlamchi manba bilan 
kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga 
murojaat etish, ulami ham tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Manbashunos olimlaming tajribasi shuni ko'rsatadiki, aksariyat tarixiy 
asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli 
m a’lumotlarga boy bo'ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa 
siyosiy tarixga oid qimmatli faktlami, tarixiy asarda yo'q m a’lumotlami 
uchratish mumkin.
Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko'p va turli tipdagi manbalarga 
asoslanib, tadqiq etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb 
etish bo'lajak ilmiy asaming qiymatini va ahamiyatini belgilovchi asosiy 
va hal qiluvchi omillardan biridir.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling