A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.3 . M anbalam i turkumlash
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
2 .3 . M anbalam i turkumlash
Sharq yozma manbalami turkumlashning yagona aniq bir qoidasi hoziigacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo'lyozma manbalar fihristi bir qismi asarlar tili nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanayotgan sharq qo'lyozmalari yirik sharqshunos Charlz Ryo tomonidan, ulaming qaysi tilda yozilganiga qarab, arab, fore va turkiy tildagi qo'lyozmalami alohida-alohida tavsifga olib fihrist tuzilgan. Fransiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan sharq qo'lyozmalari haqida Edgar Bloshe ham shu tartibda katalog tuzgan. Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasidagi q o 'ly o z m a la r b irin ch i b or sa q la n a y o tg a n tash k ilo t “O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharq qo'lyozmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ulaming o 'n bir jildi nashr etilgan. Hozir qo'lyozm alam i qaysi fan sohasiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan bo'lib, m ana shunday kataloglar chop etilmoqda. Ba’zi manbashunoslar qo'lyozmalami mazmuniga qarab, asarda qaysi masala bayon etilganiga qarab turkumlashni lozim topsalar, ulaming boshqa bir gurnhi asaming kelib chiqishiga, ya’ni qayerda va qachon yozilganligiga qarab turkumlashni m a’qul ko'radilar. Yana bir guruh olimlar esa ulami rasmiy hujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va biografik 11 asarlar kabi turlarga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladilar. Manbalarni avtograf, ya’ni muallifning o 'z qo'li bilan yozilganligiga yoki ko'chirilgan nusxa ekanligiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi. Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat bittasiga, ya’ni ulaming turiariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot yo'llari yozma manbani chuqur va atroflicha o'rganish hamda tahlil qilish vazifalariga to'la javob bera olmaydi. Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy masalaga butunlay bag'ishlangan asar deyarli yo'q yoki juda kam. Til bo'yicha manbalarni o'rganish yomon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni o'rganganda, faqat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. Mana shulami inobatga olganda, tarixiy manbalarni turiariga va qaysi davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Awalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o'quv yurtlarida o'qitilgan “SSJI tarixi manbashunosligi” va “O 'rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu qoidaga asoslangan. B.A. Ahmedov 0 ‘zbekiston tarixi (o'rta asrlar) manbalarini (yozma manbalarni) quyidagi uch turga bo'lib o'rganishni tavsiya qilgan: 1) ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar, 2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya’ni qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o'rganish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiluvchi manbalar, asosan arxeologiya fani tomonidan o'rganiladi va biz uchun qo'shim cha yoki yordamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, O'zbekiston tarixi yozma manbalarini, asosan ikki turga bo'lib o'rganish m a’qul ko'rinadi. 1) Rasm iy h u jja tla r — y o rliq la r, fa rm o n la r, in o y a tn o m a la r, vaqfnomalar, hisob-kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar. maktublar va boshqalar. Um um an, tarixiy hujjatlaming o'ttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, ya’ni feodal yeregaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o'xshash masalalar bo'yicha daliliy m a’lumotga boyligi bilan tarixiy manbalaming boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular, asosan hujjatshunoslar tomonidan maxsus o'rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta. 2) Narrativ yozma manbalar. Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga 12 nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to ‘la yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda ular daliliy m a’lumotlarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi. Yozma manbalami faqat zikr etilganlari bilan cheklab bo'lmaydi. Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar to ‘g‘risidagi ma’lumotlar bayoni mavjud bo‘lib, faqat ulaming o'ziga xos bayon uslubi, badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni yozishi kerak bo'lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to 'q im a, b o ‘rttirish, mubolag’aga yo‘l qo'yishi, ya’ni o ‘z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega. M asalan, A lisher Navoiy badiiy asarlarida sh o ir davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud. Xususan, uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid m a’lumotlar asosida Izzat Sulton “ Navoiyning qalb daftari” nomli kitob yozib, unda Alisher Navoiy biografiyasini tiklashga harakat qilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy m a’lumotlar, xususan Mirzo Ulug'bek shaxsi va uning ilmiy merosi to'g'risida juda qimmatli fikrlar mavjud. Yozma manbalardagi o'ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan voqea, hodisalaiga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo'shlash yoki buzib talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda, ularga tanqidiy yondashish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va tamoyillaridan biridir. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling