A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 . Asar muallifi va uning yashagan davri


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

3 .3 . Asar muallifi va uning yashagan davri
Qo'lyozmadagi asar muallifi va uning yashagan davri to'g'risida ixcham 
m a’lumot keltirilishi zarur. Odatda, sharq tarixchilari nomlari ixcham 
tarzda va to'la keltirilishi, imkon darajasida nomlar originalda, ya’ni 
arab alifbosida berilishi kerak. Muallifning tug'ilgan yili va vafoti, yaratgan 
asosiy asarlari, ularning qisqacha m azm uni keltirilishi maqsadga 
muvofiqdir. Shuningdek, muallif yashagan davr, jamiyat to'g'risida ham 
talabalarga tushuncha berish zarur.
3 .4 . Manbadagi asam ing umumiy xaraktcri
Manbadagi asaming umumiy xarakteri deganda, asar mazmunining 
umumiy tarixga, masalan, «Tarixi Tabariy*, «Jomi ut-tavorix*, «Ravzat 
us-safo* kabi asarlarga xos xususiyatlarini aniqlash nazarda tutiladi. Yoki 
sulolalar tarixi - «Tarixi Bayhaqiy*, «Tarixi salotini mang'itiya* kabi 
asarlarga xos xususiyatlarini aniqlash tushuniladi.
Bulardan tashqari yana xotira xarakterdagi m anbalar — «Temur 
tuzuklari», «Bobum om a» (Vaqoye), «Tarixi Rashidiy» kabi asarlar 
xususiyatlari ham mavjud.
Sof tarixiy asariardan tashqari manba sifatida yana tazkiralar - shoiriar.
22


a d i b l a r
va tasaw uf namoyondalari to'g'risidagi majmualar ham katta ilmiy-
tarixiy ahamiyatga ega.
Din namoyandalari to'g'risida agiografik xarakterdagi asarlar ham 
m u h im
tarixiy manba bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bulardan tashqari 
yozma yodgorliklardan, ayniqsa, maktublar va hujjatlar namunalaridan 
m a n b a s h u n o s lik
darslarida va shu sohaga oid maxsus tadqiqotlarda 
foydalanish m um kin1.
Bu yerda keltirilgan asar xarakteri to'g'risidagi ma’lumotlar bakalavrlar 
uchun kifoya deb hisoblaymiz. Yozma manba va undagi asar to'g'risidagi 
boshqa tafsilotlar maxsus ilmiy tadqiqotlarda istifoda etiladi.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling