Samandar Term iziyning «Dastur ul-m uluk» asarlari ham bor. Shuning
uchun asarda sh e’riyat ilmidan tashqari, tarixiy va geografik m a’lum otlar
ham ko‘p.
Tarixiy m a’lumotlardan Xiva xoni A nushaxonning 1681 va 1686-
yillari Buxoro xonligi hududlariga bostirib kirishi, 1681-yili Buxoro
atrofidagi tumanlar va Buxoro shahristonining bosib olinishi, 1686-yilj
Samarqand, Qarshi va Shahrisabzning bosib olinishi va buning oqibatida
xalq va hukumatning o g ‘ir ahvolga tushib qolishi haqidagi m a’lumotlar
diqqatga sazovordir.
Asarda mamlakatning ijtim oiy-iqtisodiy ahvoliga oid m a’lum otlar ham
uchraydi. H unarm andchilik, m isgarlik, kim uxtgarlik, b o 'y o q ch ilik -
sabbotiy, gilkorlik, kavushdo'zlik, zardo'zlik, qassoblik, karbozfurushlik,
attorlik, zarkashlik, bazzozlik, tem irchilik, xirgohtaroshlik, naqqoshlik,
sarroflik, jom aboflik, muhrgarlik va boshqalar, xoja Ubaydulla Ahror
avlodining m ol-m ulki haqida m a’lum otlar uchratamiz. Ashtarxoniylar
davlati tuzilishi, xususan otalik, mustavfiy, parvonachi, mirohur, dodxoh,
to'qsabo, sipohsalor, sudur, faqih, a’lam , muftiy, qozi askar, rais, kitobdor,
mudarris, m utavaliy, yuz b osh i, miri hazar, voqeanavis va boshqa
mansablar haqida o ‘ta qim m atli m a’lum otlar mavjud.
Tazkirada keltirilgan Buxoro va Samarqand shaharlarining topografiyasi
haqidagi m a’lum otlar ham diqqatga sazovordir. M asalan, Samarqand
guzarlaridan Degrezon, Hovuzi sangin, Bo'ston Bolo, Mir Said oshiq,
Kimuxtgaron, Bo'stoni xon, Gavkashon, Sobunxona, Attoron, Sangtaroshon,
Xon Said im om , Labi hovuz, Darvozayi ob guzarlari tilga olinadi. Buxoro
va Samarqanddan tashqari, Amir Tem ur va Shayboniy Abdullaxonning
Qarshi va Shahrisabzni obod qilish yo'lida olib borgan ishlari ham tilga
Do'stlaringiz bilan baham: |