muyassar bo'lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali M uhammad o'rtasida
uchga taqsim laym iz...* Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja
Boqi M uhamm adxonga murojaat qildi: «Tabriklaymiz, ulug' ajdodlarimiz
Sizga poytaxt shahar Buxoroni in ’om qiladilar». Boqi M uham m adxon
(ichiga sig'm ay) suyunib ketdi va singlisini Abdixojaga xotinlikka berdi.
Abdixoja ham m asi bo'lib Buxoroda bir yilga yaqin istiqom at qildi.
Shundan keyin Abdixojaning nufuzi ortti. M uham m ad Tolib bu haqda
mana bulami yozadi: «Hazrat xojaning ulug'ligi va kuch-qudrati shu
darajaga borib yetdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning huzuriga qochib
borib, uning xizm atiga kirgudek bo'lsa, u jazoga tortilm agan. Xojaning
ta’siri barcha viloyatlarda shu qadar kuchli ediki, biron zot uning so'zini
qaytarmas edi. Kayfiyati yo'q paytlarda Boqi M uham m adxonni ham
mensimas edi. Agar xon biror shaxsni ostonasidan quvib yuborguday
bo'lsa, xoja uni o 'z himoyasiga olar edi. Xoja tez -te z xonga o'zgalar
oldida tanbeh beraredi. Odamlar va harbiylar faqat xojaga yordam so'rab
murojaat qilar edilar. Xullasi kalom , yirik mansabdorlar, aslzodalar va
sipohiylar guruh-gum h bo'lib hazrat xojaning panohiga qochib o'ta
boshladilar. Ba’zi sipohiylar xojaga: «Siz bizning pushti panohim izsiz.
Biz Sizni podshoh etib saflam oqehim iz*, deb murojaat qila boshladilar».
♦Matlab ut-tolibin* ch op etilm agan. U ning q o 'ly o zm a nusxalari
° Pgina kutubxonalarda mavjud. O 'zR FA Sharqshunoslik institutining
40 yozmalar xazinasida uning nusxalari saqlanmoqda.*
U s h b u m a v z u n i
yozishda B. Ahmedov asaridan qisman foydalanildi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |