A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesmen so‘zlari shunday tavsiflangan: biznes – “kapitalistik
mamlakatlarda: shaxsiy boylik, foyda orttirishga qaratilgan ish (mas., chayqov, kommersiya, katta daromad keltiradigan korxona va sh.k.)”; biznesmen – “biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs; korchalon”. Ko‘rinib turganiday, sho‘ro tuzumi davrida “shaxsiy boylik”, “foyda orttirish”, “kommersiya”, “katta daromad” kabi tushunchalar tamoman zararli deb e’lon qilingan, bunday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar chayqovchi, korchalon sifatida malomatga mahkum bo‘lgan, bu fikr omma ongiga zo‘r berib singdirilgan. Mustaqillik bu so‘zlardagi qora ranglarni sidirib tashlab, ularga mutlaq ijobiy, hatto havasli munosabatni shakllantirdi, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 199 ular ana shunday musbat baho bilan faollashdi. Bu so‘zlarga yangi izohli lug‘atda mana bunday haqiqiy tavsif berilgan: “biznes – daromad keltiradigan, foyda olish maqsadlari ko‘zlangan va qonunlarga xilof bo‘lmagan har qanday tashkiliy, xo‘jalik faoliyati; tijorat; ishbilarmonlik; biznesmen – aynan ishbilarmon”. Bugun O‘zbekistonda halol mehnati orqasidan topgan daromadi millionlar bilan o‘lchanadigan tadbirkorlar ko‘p, bunday millionerlarga jamiyat ola ko‘z bilan emas, balki havas va hayrat bilan qaraydi. Millioner so‘zi, demakki, ijobiy baho bilan idrok qilinadi. Ammo sho‘ro tuzumi davrida bu so‘z salbiy munosabatdan xoli bo‘lmagan. Hatto eski izohli lug‘atda bu so‘zning “millionlar bilan hisoblanadigan boylikka ega bo‘lgan kishi” ma’nosini izohlovchi misol sifatida “ingliz millionerlari” birikmasi keltirilgan, mazkur ma’noning belgi tarzidagi turini tavsiflashda esa “kolxoz haqida” degan izoh berilgan, go‘yoki o‘zbek millioner bo‘lishi mumkin emasdek. Sho‘ro davrida yuzi qora bo‘lgan so‘zlardan yana biri savdogar so‘zidir. Hatto so‘zlashuv tilida bu so‘zning “xususiy manfaati uchun arzimagan narsaga ham talashadigan, pastkash odam” (eski izohli lug‘at) tarzidagi ko‘chma ma’nosi ham yuzaga keldi. Bugun bu so‘z savdo- sotiq, tijorat faoliyati bilan halol shug‘ullanadigan shaxsni ifodalaydi va bunday kishilar jamiyatda hurmat-ehtiromga sazovordir, bugun mazkur so‘zning yuzi ham yorug‘ bo‘ldi. Yuzi yorug‘ bo‘lgan ko‘plab so‘zlardan yana biri sifatida fermer so‘zini tilga olish mumkin. Bu so‘z ilgari “kapitalistik mamlakatlarda: fermani ijaraga oluvchi kishi yoki ferma egasi” ma’nosida salbiy bo‘yoq bilan bo‘yalgandi. Mustaqillik tufayli amalga oshirilgan favqulodda muhim iqtisodiy islohotlar samarasi o‘laroq fermer degan yaratuvchi shaxs shakllandi. Bugun fermer “o‘ziga qarashli yoki ijaraga uzoq muddatga olingan yerda ziroat, chorva, parranda mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi mayda yoki o‘rtacha qishloq xo‘jaligi korxonasi egasi” (yangi izohli lug‘at) bo‘lib, jamiyatda alohida obro‘-e’tiborga sazovordir. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 200 Oliy niyati “kishilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashdan iborat bo‘lgan” sho‘ro tuzumi, ajabki, barcha kambag‘alni boy qilib emas, balki barcha boylarni kambag‘al qilib, mazkur oliy niyatning ijobatiga yetmoqday dumbul tutum bilan sa’y-harakat qilganligi bugun hech kimga sir emas. Ana shu tutumning palag‘da mohiyati bois boy so‘ziga nisbatan ham salbiy nigoh mezon bo‘lgan, jamiyatda bu kabi so‘zlarga xolis munosabatning qaror topishi mushkullashgan. Eski jamiyatda barqarorlashgan ommaviy idrok o‘zaniga muvofiq bu so‘zning asosiy ma’nolaridan biri ham eski izohli lug‘atda “kishi kuchidan foydalanish hisobiga boylik, dunyo orttirgan (odam)” tarzida tavsiflangan. Muhtasham maqsadi “yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi”ga qaratilgan “o‘zbek modeli” asosida muntazam taraqqiy etib borayotgan mamlakatimizda boy so‘zi o‘zining chin ma’nosi bilan qovushdi, “birovning kuchidan foydalanish hisobiga” emas, balki o‘zining halol va mashaqqatli mehnati, favqulodda aqlu zakovati, tadbirkorligining hadisi hisobiga boylik, dunyo orttirgan(odam)ni nomlaydigan bo‘ldi, bu so‘z anglatgan tushuncha jamiyatda haqiqiy havasning hadafiga aylandi. Shuningdek, mulkdor so‘zi “katta yer-suv egasi; zamindor” ma’nosi bilan eskirgan, tarixiy so‘z deb qaralgan. Buning ustiga, ayni so‘z anglatgan tushunchaga o‘sha jamiyatning aksariyat a’zolari g‘ashlik bilan qaragan, chunki, atoqli adib va adabiyotshunos I.Sulton ta’biri bilan aytganda, “sotsialistik davrda mulkka, mulkdorga nafrat ruhida tarbiyalandik”; “mana, hozirgi jamiyatimiz taraqqiyotida Inson, Imon, Mulk muqaddas bo‘ldi” [Раҳимжонов Н. Бадиий асар биографияси. – Т.: Фан, 2008. –Б. 201 – 202], shuning uchun ham mulkdor so‘zi mustaqillik davrida “mulk sub’ekti; mulk ob’ektiga egalik, foydalanish, tasarruf etish huquqiy tamoyllari asosida mustahkamlangan huquqlarga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs” degan yangi ma’noni kasb qilib, mutlaqo ijobiy rang bilan tilimizda faollashdi [Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. – Тошкент: “Мумтоз сўз” нашриёти, 2017. – Б.97- 101]. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 201 1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 2) Jadvalni to‘ldiring. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling