A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
76
SEMINAR MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
Nazorat uchun savollar.
1. XIV asrda Mamlyuklar davlatida arab tilida yozilgan risolalarni
tavsiflang.
2. XV-XX asr boshi eski o‘zbek adabiy
tili vakillari asarlariga
tuzilgan qanday lug‘atlar bor?
3. «Tarjumoni
turki
va
ajami
va
mug‘ali»
lug‘atida
terminologiyaga oid so‘zlarning qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
4. XIII-XIV asrlarda o‘zbek leksikografiyasining taraqqiyotiga
hissa qo‘shgan «Sangloh» lug‘ati to‘g‘risida nima bilasiz?
5. «Abushqa», «Badoyi al-lug‘at»
asarlari qachon va kimlar
tomonidan nashr qilingan?
6. «Kelurnoma» lug‘ati haqida ma’lumot bering.
7. Mehdixonning «Sangloh» lug‘ati qanday lug‘at hisoblanadi?
2-topshiriq.
«Shajarai turk» asaridan tilshunoslikka oid
terminlarni yozib oling va kichik lugʻat tayyorlang.
3-topshiriq. Alisher Navoiy asarlarining qomusiy lugʻatidan
musiqa,
zoologiya, botanika va tikuvchilikka oid terminlarni topib,
yozib oling. Mazkur terminlarni bugungi
kundagi zamonaviy nomlari
bilan taqqoslab chiqing.
4-topshiriq. Oybekning «Navoiy» romanini oʻqib, undan kiyim-
kechak, qurol-aslaha nomlari hamda adabiyot
faniga oid terminlarni
topish va struktura jihatdan tahlil qiling.
Foydalanish uchun misollar. Adabiyot faniga oid terminlar:
devon- she’rlar toʻplami; muammo-jumboqli, sirli, gʻalati; qasida- biror
shaxsning madhiga bagʻishlangan she’riy asar; nazm-tizish, terish,
she’r yozish, ashʻor-she’rlar, ruboiy-toʻrt misradan iborat she’r,
zullisonayin-ikki tilda ijod qiloladigan shoir, shuaro-shoirlar, sarbast-