A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- malakalarini egallashini ta’minlash.
Qo‘llanmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- «O‘zbek terminologiyasi» fani predmeti, vazifalari, terminologiyaning ijtimoiy va tabiiy fanlar orasidagi o‘rni va mohiyati, mavzuga doir tadqiqotlar bilan tanishish, terminologiya shakllanishi va taraqqiy etishida birinchi galda jamiyatning ijtimoiy darajasi, iqtisodiy vaziyati bilan bog‘liqligi, - o‘zbek tili leksikografiyasi va terminologiyasi taraqqiyotini uch katta bosqichga bo‘lib tahlil qilish zarurligi, o‘zbek terminologiyasining o‘zbek tili ichki resurslari, qonun-qoidalari negizida taraqqiy etishi, o‘zbek terminologiyasining boshqa tillardan so‘z-termin o‘zlashtirish hisobiga boyishi, terminologiyaning rivojlanishida ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning o‘rni, terminlar tarkibidagi leksik-semantik jarayonlar, terminlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish; - kasbiy faoliyat olib borish maqsadida zamonaviy terminologik manbalardan unumli foydalanish; - leksikografiya va terminologiya sohalarida voqelanayotgan yangi tendensiyalarni tushunish; - zamonaviy terminologiyada kechayotgan jarayonlarni farqlash ko‘nikmalarini shakllantirish; - yangi xorijiy va milliy adabiyotlar asosida yangi terminologiyalarni o‘zlashtirish; - mazkur yo‘nalish doirasida talabalarning mustaqil amaliy faoliyatini tashkil etish, nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish, fanning istiqboli, dolzarb masalalariga doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib borish malakalarini egallashini ta’minlash. Qo‘llanmada innovatsion pedagogik texnologiyalar va PIZA testidan foydalanilgan holda mashg‘ulot o‘tkazish uslubiyatini har bir pedagog o‘z o‘qitayotgan fani va predmetining mazmuni, maqsadi, mavjud sharoiti, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi yoki shu texnologiyalar asosida A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 3 o‘zlarining texnologiyalarini yaratishi va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanishlari mumkin. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari, terminologiya fanini o‘qitish muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling