A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. «O‘ZBEK TERMINOLOGIYASI» FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI 1.1. «O‘zbek terminologiyasi» fan sifatida Reja
- Maxsus leksika
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 11 I. «O‘ZBEK TERMINOLOGIYASI» FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI 1.1. «O‘zbek terminologiyasi» fan sifatida Reja: 1. «O‘zbek terminologiyasi» fan sifatida. 2. «O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti, maqsad va vazifalari. 3. «O‘zbek terminologiyasi»ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 4. Terminologiya tarmoqlari. Tayanch tushunchalar: termin, terminologiya, atama, atamashunoslik, terminshunoslik, terminografiya, tipologik terminologiya, funksional terminologiya, semasiologik terminologiya. Terminologiyaning asosiy o‘rganish obyekti maxsus so‘zlar, maxsus leksika sanaladi. Maxsus leksika deganda ma’lum bir sohaga tegishli lug‘aviy birlik va ularga tenglashgan birikmalar tushuniladi. Adabiyotlarda lingvistik terminologiya, fizik terminologiya 1 deb ham yuritiladi. A.Reformatskiy bu xususda shunday yozadi: «... terminlar – bu maxsus so‘zlardir 2 ». A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasb-hunarga oid so‘zlarni «maxsus leksika» deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi: 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U fikrini davom ettirib, «Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalism esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda 1 Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. –Б.129. 2 Реформатский А.А. Что такое термин и терминология. В сб: «Вопросы терминологии». – М., 1961. – С. 52. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 12 tarqalgan, aslini olganda, tushuncha qat’iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir 1 », - deydi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda maxsus sohalarda qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari termin sifatida talqin qilinadi. Aksariyat tilshunoslar to‘liq asos bilan termin, eng avvalo, til lug‘aviy tizimining teng huquqli a’zosi ekanligini ta’kidlaydi 2 . Tildagi shunday so‘zlar fan, texnika, adabiyot, san’at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma’noda ishlatiladi. Bunday so‘zlar terminlar deb ataladi. Termin (lot. terminus– chek, chegara, chegara belgisi) - fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama. Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi. Masalan, lingvistik terminlar: gap, ega, ot, son, tovush...; geometriyaga oid terminlar: aylana, uchburchak...; fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv, kumush, ishqor, tuzlar va b. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling