A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Nomenlar - bu bir ma’noli tushunchalarning nomlari, shuningdek,
ma’lum bir xil miqdordagi bir xil shaklda takrorlanadigan ma’lum ommaviy mahsulotlar nomlari 3 . Termin va nomen o‘rtasidagi farq shundaki, nomen xususiy tushunchalar, terminlar esa umumiy tushunchalar nomidir. Oldterminlar – maxsus leksemalar bo‘lib, yangi yaratilgan tushunchalarga murojaat qilish uchun terminlar sifatida ishlatiladi, ammo oldtermin terminlarning asosiy talablariga javob bermaydi. Oldterminlar yangi tushunchalarni nomlash uchun terminlik maqomini olgunga qadar qo‘llaniladi. Ular terminlardan vaqtinchalik tabiatiga 1 Калинин А.В. Лексика русского языка. – M.: МГУ, 1971. – С. 141. 2 Виногравдов В.В. Вступительное слово ва Всесоюзном терминологическом совещании / Вопросы терминологии. – Москва, 1961. – С.3-10. 3 Канделаки Т. Л. Значения терминов и системы значений научно-технических терминологий / Проблемы языка науки и техники. Логические, лингвистические и историко-научные аспекты терминологии. — Москва: Наука, 1970. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 13 egaligi, shaklning beqarorligi, qisqalik va umumqo‘llanishlik talablarini bajara olmasligi va stilistik neytrallikning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Vaqt o‘tishi bilan, ko‘pgina hollarda, oldterminlar terminlar tomonidan siqib chiqariladi. Oldtermin o‘rnini termin egallaydi. Ba’zan leksik birlik terminologik talablarga mos keladigan termin bilan almashtirilishi kechiktirilib, maxsus so‘zlar lug‘atda qayd etilib, barqaror xususiyatga ega bo‘lib, kvaziterminga (lot. kuasi – xuddi, o‘xshash) aylanadi. Terminoid - yetarlicha aniqlanmagan (shakllanmagan) va noaniq tushunilgan tushunchalarni aniq chegaralari bo‘lmagan va shuning uchun ta’riflarga nom berish uchun ishlatiladigan maxsus leksemalardir. Shu sababli, terminoidlar tushunchalar nomini bildirsa ham, ma’no aniqligi, kontekstual mustaqilligi va barqaror belgi kabi terminologik xususiyatlarga ega emas. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling