A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terminologiyaga kirish
Atamashunos - atamalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Atamashunoslik - atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda Atamashunoslik qo‘mitasi tuzildi. Gazetadan 1 . Ayrim olimlarning fikricha: «Termin» so‘zini belgilash uchun uni «atama» so‘zidan farqlash hamda bu ikki til birligini bir-biridan chegaralash maqsadga muvofiqdir. «Atama» bu har qanday predmet, belgi xususiyatni atash mumkin bo‘lgan umumiy tushunchadir. Adabiyotlarda bu ikki so‘zni biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanaveradi. Ammo olimlar tomonidan professional so‘zlarning terminologik leksikadan ajratib o‘rganish lozimligi tavsiya qilinganligi 2 masalaning o‘ziyoq terminologik tadqiqot ishlarining murakkabligidan dalolat beradi 3 . Terminologiyani o‘rganish shundan dalolat beradiki, terminologiya sohasining taraqqiyoti antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos keladi. Keyingi yillarda terminologiya (atamashunoslik)ning shakllanishi va rivojlanishi (terminlar haqidagi bilimlar, fan-texnika rivojlanishi tufayli o‘zlashayotgan terminlar va boshqalar) natijasida terminologiya hamda tilshunoslikda terminlarni o‘rganuvchi bo‘lim o‘rtasida har xil qarashlarning yuzaga kelishi natijasida fanning mutaxassislari o‘rtasida va bilimlarni yetkazishda qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Bunday muammolarning kelib chiqishi terminologiya fanini yuzaga kelishi va terminologiya sohasini tizimlashtirishga olib keldi. Terminologiyaga kirish – tilshunoslikda til tizimining terminlarini o‘rganuvchi soha. 1 O’zbek tilining izohli lug‘ati. – Тоshkent, 2006. 4-tom. –Б.113. 2 Усмонов С. Ўзбек тили терминологиясининг баъзи масалалари. – Тошкент, 1962.- Б.17. 3 Жўрабев А., Собиров А. Халқ томоша санъати терминларини тартибга солишнинг айрим масалалари / Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент, 1986. – Б.82. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 17 Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling