A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152
Prototerminlar (grek. proto – birinchi, termin - chegara
fanlarning paydo bo‘lishidan oldin yuzaga kelgan va ishlatilgan maxsus 
leksemalardir (ehtimol 30-40 ming yil oldin). Shuning uchun ular 
tushunchalarni emas (fanning rivojlanishi bilan yuzaga kelgan), balki 
maxsus tasavvurlarni ataydilar. Prototerminlar yuzaga kelishidan oldin 
yo‘q bo‘lib ketmagan - hunarmandchilik lug‘atida va bizgacha yetib 
kelgan kundalik so‘z boyliklarida saqlanib qolgan (keng qo‘llanila 
boshlagan) so‘zlar.
Vaqt o‘tishi bilan, kasb-korning maxsus so‘zlari va 
boshqa ba’zi faoliyat turlari ilmiy nazariyalarning paydo bo‘lishi bilan 
nazariy jihatdan asoslangan va ilmiy tushunchalar tizimiga aylantirilgan. 
Kasb-korning maxsus nutqida barqaror saqlanib qolgan ba’zi 
prototerminlar ilmiy terminologiyaga kiritilgan, qolganlari esa 
umumxalq ishlatiladigan fan leksikasi shaklida mavjud bo‘ladi. Shunday 
qilib, eski terminologiyaning ko‘plab asosiy terminlari prototerminlar 
bo‘lib, ularning bir qator xususiyatlarini saqlab qolgan
1

Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb 
yuritiladi.
1
Гринев С.В. Введение в терминоведение. — М: Московский Лицей, 1993.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
14 
Terminologiya termini birinchi marta 1786-yili Germaniyada 
professor Shyuts, rus tilida M.V.Lomonosov tomonidan qo‘llangan, 
Fransiyada XVIII asrda, ingliz tilida 1801-yili Katta Oksford lug‘atida 
qayd 
etilgan. 
V.M.Leychik 
terminning 
antik 
davrdayoq 
qo‘llanilganligini aytib o‘tadi
1
.
Terminologiya (termin+logos – so‘z, ta’limot) ikki xil ma’noda 
qo‘llaniladi. 1. Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar majmui. 
Masalan, grammatik terminologiya, san’at terminologiyasi va b. 2. 
Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
Ayrim olimlar mazkur terminni 3 xil ma’noda qo‘llanilishini 
ta’kidlab o‘tadi: 1) Biror ilm, kasb va boshqa sohaga oid terminlar 
majmui. 2) Tildagi barcha terminlar majmui. 3) Tilshunoslikning 
terminlarni o‘rganuvchi bo‘limi
2
. Shunga ko‘ra, terminologiya termini 
adabiyotlarda 
«terminologik leksika», yoki qisqargan shaklda 
«terminoleksika», 1969-yildan so‘ng esa «terminologiyaga kirish 
(terminovedenie)», «terminologiya» deb atalib kelmoqda. 
Demak, 
terminologiya 
deganda 
uch 
ma’no 
anglashiladi: 
terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan bog‘liq 
bo‘lgan terminlar tizimi, til tizimidagi barcha terminlar hamda 
tilshunoslikda terminlarni o‘rganuvchi bo‘lim sifatida qo‘llaniladi. 
Ammo keyingi paytlarda bu terminologiya ko‘proq nazariy aspektda 
qo‘llanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, terminologiyaning 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling