A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
1.4. Terminologiya tarmoqlari 
Reja: 
1. Terminologiya tarmoqlari. 
2. Terminologiyaning til faktorlariga ko‘ra turi. 
Tayanch 
tushunchalar: 
termin, 
terminologiya, 
atama, 
atamashunoslik, terminshunoslik, amaliy terminologiya, nazariy 
terminologiya, 
xususiy 
terminologiya, 
tipologik 
terminologiya, 
semasiologik terminologiya. 
Terminologiya fani ham ko‘p tarmoqli fanlar qatoriga kiradi. 
Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud:
1. Amaliy 
terminologiya 

terminologiyaning 
lingvistik 
masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohasi. 
2. Nazariy terminologiya - terminologiyaga doir asosiy 
qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda termin haqidagi 
asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Terminning 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
25 
asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar 
olg‘a suriladi. 
3. Xususiy terminologiya - terminologiya har bir konkret soha 
(fizika, kimyo, biznes va boshqalar)ning terminlar sistemasi, lug‘at 
sostavi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu sohaning boshqa soha 
terminlariga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret sohaning 
ilmiy terminologiyasini yaratishga intiladi. 
4. Umumiy terminologiya - ma’lum bir soha emas, balki 
umuman 
terminologiya 
qonunlari, 
paydo 
bo‘lishi, 
terminning 
jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, 
bu fanda konkret soha terminlarini, boshqa soha terminlari bilan 
aloqadorligini o‘rganish natijasida aniqlangan lingvistik faktlar 
umumiylashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. 
5. Tipologik terminologiya - aniq bir terminlarning qurilishidagi 
xususiyatlar 
o‘rganilib, 
umumiy, 
universal 
terminologiya 
qonuniyatlariga qiyoslanadi. Bunda barcha terminlar, ularning kelib 
chiqishidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. 
6. Qiyosiy terminologiya – turli tillar terminlarining umumiy va 
o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. 
7. Semasiologik terminologiyamaxsus leksemalarning 
ma’nolari (semantikasi), semantik hodisalar – omonim, sinonim, 
antonim va boshqalarning ifodalanishi, muammolari o‘rganiladi.
8. Onomasiologik terminologiya – maxsus tushunchalarni 
nomlash va nomlarning optimal shakllarini tanlash jarayoni, maxsus 
leksemalarning tuzilishini tadqiq qiladi. 
9. Funksional terminologiyaturli matnlar, professional 
muloqot va mutaxassislar tayyorlashdagi vaziyatlarda terminlarning 
zamonaviy vazifasi, kompyuter tizimi va nutqda terminlarni 
qo‘llanishidagi xosliklar, muammolar o‘rganiladi.
10. Tarixiy terminologiya – fanning yuzaga kelish va rivojlanish 
tarixi, o‘rganish metodlari va tuzilishi, fanlar tizimidagi tutgan o‘rni, 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
26 
nazariyalari, omillari hamda alohida terminshunoslik maktablarining 
yuzaga kelish tarixini o‘rganadi
1

11. Kognitiv yoki gnoseologik terminologiyailmiy bilish va 
mushohada qilish jarayonida terminlarning vazifasi, o‘rni kabi 
masalalarni tadqiq qiladi. 
12. Metodologik 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling