A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152
 
 
1
Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Самарқанд: СамДУ, 1999, 4-6-бетлар.
2
Абдулғозиева Б., Исоқов М., Содиқов К. Янги топилган қадимги туркий битик // Ўзбекистон адабиёти ва 
санъати, 1993, 18 июнь.
3
Ўринбоев Б. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Самарқанд: СамДУ, 1999, 5-бет.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
39 
a) Qadimgi qabilalar adabiy tili haqida 
Qadimgi qabilalar adabiy tili miloddan avvalgi VII asrdan milodiy 
VI asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda so‘g‘dlar, 
baqtriylar, xorazmiylar va sak (shak)lar haqida ayrim ma’lumotlar 
qadimgi yozma manbalarda saqlangan. Lekin bu manbalar kam bo‘lsa-
da, ular qadimgi madaniy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarni 
o‘rganishda katta ahamiyatga egadir.
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yurtimizda 
joylashgan turli qabilalar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida 
gapirganlar. Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bo‘lgan. 
Shuning uchun ham so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar 
qarindosh xalqlar bo‘lib, bir-birlarini yaxshi tushunganlar.
Qadimgi sharq-eroniy tillarini o‘rganishga oid ilmiy adabiyot 
mavjud bo‘lib, ular asosida o‘sha davr tilini o‘rganish mumkin. 
«Avesto» tili va yozuvi. «Avesto» – zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi bo‘lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari 
majmuasidir. 
«Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 
3.000 yil bo‘layapti, – degan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
tarixchi olimlar bilan uchrashuvida. – Bu nodir kitob bundan XXX asr 
muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik 
qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy
merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, 
buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi 
tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi»
1
. «Avesto»ga qarshi 
hujum Aleksandr Makedonskiy davrida boshlangan bo‘lib, u 12 ming 
qoramol terisiga yozilgan bu kitobning bir qismini kuydirtiradi. Lekin 
uning qolgan qismlari miloddan avvalgi III asrda kitobat qilingan. 
Zamonamizgacha yetib kelgan «Avesto» qismlari milodning III-
VII asrlarida tahrirlangan. «Avesto» boblari «Pahlaviy» – o‘rta asr 
1
Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. –Тошкент: “Шарқ”, 2001, 358-бет.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
40 
alifbosida (unda 48 harfiy belgi bor) ko‘chirilgan. U o‘rta fors tilidan 
«Apastak» yoki «Asos» nomi bilan tarjima qilinadi.
«Avesto» tili eroniy tillarning eng qadimgi shevalaridan biri bo‘lgan 
qadimgi fors tiliga nisbatan ancha oldingi bosqichda miloddan avvalgi II 
ming yillikning oxiri I ming yillikning boshlarida paydo bo‘lgan.
«Avesto»ning qismlari yozuvsiz zamonga oid tasavvurlarni o‘zida 
saqlagan, bular qadimgi qabilalarning og‘zaki ijodidir. «Avesto»ning 
qo‘shiqlari (gohlari) tabiiy kuchlarga, quyosh, yulduzlarga va afsonaviy 
qahramonlarga bag‘ishlangan.
Hozirgi Markaziy Osiyo tillarida mavjud bo‘lmagan qadimgi 
terminlar «Avesto» tilida uchraydi. Masalan, goh (qo‘shiq), ashah (haq, 
haqiqat, qoida, qonun), zashra vayrayah (shahriyor), daina (fikrlamoq, 
din tanimoq), havraravot (xurdod, komillik, to‘g‘rilik), gavronmona 
(qo‘shiq va toat-ibodat ijro etiladigan joy), puruchista (ilmli), 
vyasya (qishloq), xvari xshayta (xurshid, yorug‘ doira, quyosh), 
antarivayu (havo), surush (tinglamoq, itoatkorlik), movinagha (oy), 
chista (bilim, ogohlik), boj (so‘z, kalom), oturbon (olovni qo‘riqlovchi), 
podiyob (g‘usl, yuvinmoq, poklanmoq), Doityo (Amudaryo), jam 
(shohona) kabilar. 
«Avesto» birinchi bo‘lib, XVIII asrda fransuz olimi Anketil 
Dyuperron tomonidan tarjima qilingan. Undan so‘ng K.Geldner, 
X.Bartolome, V.V.Struve, X.Xumbax, Ye.E.Bertels, V.I.Abayev, 
S.N.Sokolov, V.A.Livshis, I.M.Oranskiy, I.S.Braginskiy, I.M.Steblin-
Kamenskiy va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Mustaqillik sharofati bilan «Avesto» Asqar Mahkam tomonidan 
o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi (Toshkent, 2001, 382 bet).

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling