A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
3-topshiriq. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing, qisqa konspekt
qiling. Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos so‘z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksikasi asosida sodir bo‘ladi. Umumiste’molga oid leksikaning terminlashuvi voqeasi tarixiy hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama munosabatni ko‘rsatadi. Mazkur jarayon, shuningdek, umumadabiy leksika va terminologik leksika o‘rtasidagi aloqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Umumadabiy so‘zlar so‘zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va sotsial jargonlarning leksik boyligi va me’yorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, umumxalq so‘zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha to‘ldirib, kengaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e’tirof etiladi. Umumadabiy so‘zlarning terminologik leksika tizimiga ko‘chishi (transterminlashuv)ning ikki turi mavjudligi aniqlangan. 1.Terminologiyaga ko‘chgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum qismi o‘z ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz («корень»), suv («вода»), shamol («ветер»), dengiz («море»), daryo («река»), oy («луна»), quyosh («солнце»), bug‘doy («пшеница»), tol («ива»), uzum («виноград»), shimol («север»), janub («юг»), yer («земля»), ayg‘ir («жеребец»), baliq («рыба») va h.k. Bu o‘ta keng qamrovli leksika qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan mustahkam aloqaga kirgan. Qayd etilgan so‘zlar keng umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor maxsus sohaga taalluqlidir. Mazkur so‘zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos tushadi, ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan farqlanadi. 2.Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy o‘zgarish natijasida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra umumadabiy tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 33 Masalan, o‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni anglatish uchun xoslangan ko‘z, oyoq, qadam, barmoq, qo‘ltiq, to‘siq, qobirg‘a, og‘iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, barmoq, panja, musht singari so‘zlar talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu so‘zlar o‘zlarining birlamchi (denotativ) ma’nosini yo‘qotib, yakka ma’noli ilmiy terminga aylanadi. Ushbu maxsus tushunchalarni atash usuli an’anaviy, obyektiv hamda juda sermahsul hisoblanadi. Yangi terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni qondirish mushkul kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi so‘zlarga murojaat etiladi. Mazkur guruhga tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlarni ifodalashi bilan o‘zaro farq qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma’noning shakllanish jarayonini kuzatish mumkin. («Zamonaviy o‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasi» moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. – Toshkent, 2017. B.55-58). 1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 2) Jadvalni to‘ldiring. Terminologiyaga ko‘chgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum qismi o‘z ma’nosini saqlab qolgan birliklar Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy o‘zgarish oqibatida terminlar safiga o‘tgan birliklar 3) Ma’lumotlarni bugungi kun bilan taqqoslang. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling