A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Qadimgi turkiy til terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi turkiy til terminologiyasi
Har bir tilning terminologiyasi o‘zining shakllanish bosqichlarida shu tilda amal qilib kelgan so‘z yasash qonuniyatlari asosida hamda uning umumiste’mol leksikasi bilan mustahkam aloqada kechishi qayd etilib, tilda ikkilamchi nomlashlar orqali lug‘aviy birliklar ma’nosining ortib borishi kishilik jamiyati taraqqiyotining qaysi bosqichlarida paydo bo‘lgan degan savolga javob izlagan holda qadimgi yunon mutaffakirlari Geraklit va Demokrit qarashlari keltirib o‘tilgan va tahlil qilingan. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy qabilalarning qadimdan o‘z madaniyati va o‘z adabiy tiliga ega bo‘lganligidan guvohlik beradi. Turkiy xalqlarning moddiy-madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy, arxeologik ma’lumotlar turkiy tilda so‘zlovchi urug‘ hamda qabilalarning miloddan ilgari mavjud bo‘lganligini, jamiyat bo‘lib tashkil topganligini va birgalikda turmush kechirganligini ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, qadimgi turkiy til deganda ko‘pchilik adabiyotlarda milodiy VII-VIII asrlarni o‘z ichiga oladi, degan fikrlar bildiriladi 1 . Boshqalarida V-X asrlarni o‘z ichiga qamrab olishi ta’kidlanadi 2 . Lekin Mustaqillik sharofati bilan qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytiruvchi omillar aniqlandi. Yozuv madaniyatiga nazar tashlansa Markaziy Osiyoda yashagan qabilalar va xalqlar yagona alifbo bilan cheklanib qolgan emaslar. Chunonchi, so‘g‘dlar o‘z tarixi mobaynida oromiy, milliy so‘g‘d, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi sak tili turk-run yozuvidan foydalangan. Qadimgi Xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbolari amalda bo‘lgan. Bular ba’zi adabiyotlarda «Avesto» tili, qadimgi Xorazm tili va yozuvi, Baqtriya tili va yozuvi, so‘g‘d tili va yozuvi, sak (shak) tili va yozuvi degan nom bilan ataladi 3 . 1 Мухторов А., Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихи. –Тошкент, 1995, 26-бет. 2 Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Тошкент, 1994, 48-бет. 3 Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. –Тошкент, 1996, 10-12-бетлар. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 38 Sak (shak) qabilalari turk-run yozuvidan foydalangan bo‘lib, u oromiy yozuvi asosida shakllangan va unda 26 harf mavjud. Uning yodgorliklari 1970 yildan so‘ng Qozog‘istonning Issiq qo‘rg‘oni, Afg‘onistoninng Dashti Novur, Surxandaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Andijonning Lo‘mbitepa degan joylaridan topildi. Bu narsa Urxun-Enasoy yozuvining shakl va tovush birligi uning uzoq turkiy jarayonni bosib o‘tganidan dalolat beradi 1 . Chunki Urxun- Enasoy atamasi turk-run yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina anglatadi. Shunday ekan, qadimgi turkiy til tarixi Markaziy Osiyo (Issiq, Dashti Naur, Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Lo‘mbitepa) yodgorliklaridan boshlanadi. Bu yodgorliklar miloddan oldingi davrlarga tegishli bo‘lib, u Birinchi Turk hoqonligi va undan G‘arbiy turk hoqonligi ajralgan davrga oiddir. Buni arxeologik qatlamlar tasdiqlamoqda 2 . Xullas, qadimgi yodgorliklarning mahalliy guruhini anglatgan turk-run yozuvi Urxun-Enasoy tomondan G‘arbga emas (bunda 38 harfiy belgi bor), balki Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomonga tarqalgandir 3 . Markaziy Osiyodan topilgan yodgorliklar qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, qadimgi turkiy til miloddan avvalgi VII asrdan milodiy X asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrni o‘rganish darajasi va yodgorliklarining xususiyatlariga ko‘ra, o‘z navbatida, ikki davrga ajratish mumkin: a) Qadimgi qabilalar adabiy tili (miloddan avvalgi VII asrdan milodiy VI asrgacha bo‘lgan davr). b) Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar). Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling