A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI 2.1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari Reja
- Tayanch tushunchalar
4-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan
prezentatsiya yarating. 5-topshiriq. Quyidagi mavzularda gazetaga maqola yozing. 1. Terminologiya va leksikologiya. 2. Terminologiya - lingvistika obyekti sifatida. 3. Terminologiyaning hozirgi o‘zbek tili leksik strukturasidagi o‘rni. 4. Terminologiyadagi o‘zgarishlarning umum adabiy tildagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligi. 5. Terminologiyaning fan tili sifatida talqin qilinishi. Adabiyotlar: 1. Акобиров С. Тил ва терминология. - Тошкент, 1968. 2. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек тилининг лексик қатламлари. – Тошкент, 1985. 3. Гринев-Гриневич С.В. Терминоведение. Учебное пособие. – Москва, 2008. 4. Даниленко В.П. Русская терминология. Опит лингвистического описания. – Москва, 1977. 5. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. – Тошкент, 1977. 6. Турсунов У. Ўзбек терминологияси масалалари. – Тошкент, 1933. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 36 II. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI 2.1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari Reja: 1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. Qadimgi turkiy til terminologiyasi. 2. Eski turkiy til terminologiyasi. 3. Eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi. 4. Sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi. 5. Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi. Tayanch tushunchalar: terminologik leksika, qadimgi turkiy til terminologiyasi, eski turkiy til terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi, davrlashtirish, ekstralingvistik va intralingvistik omillar. Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani ham qamrab oladi. Umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi. O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksikani quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: 1-davr. Qadimgi turkiy til terminologiyasi – VII-X asrlar. 2-davr. Eski turkiy til terminologiyasi – XI-XIV asrlar. 3-davr. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasi – XV-XX asr boshi. 4-davr. Sho‘rolar davri terminologiyasi – XX asr boshidan 1993- yilgacha. 5-davr. Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 37 Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling