A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
4-topshiriq. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing. 1. ………………………..- ma’lum bir soha emas, balki umuman terminologiya qonunlari, paydo bo‘lishi, terminning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. 2. ……………….. - aniq bir terminlarning qurilishidagi xususiyatlar o‘rganilib, umumiy, universal terminologiya qonuniyatlariga qiyoslanadi. Bunda barcha terminlar, ularning kelib chiqishidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. 3. ……………….. - turli tillar terminlarining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. 4. …………….. - fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi. 5. Bir ma’noli tushunchalarning nomlari, shuningdek ma’lum bir xil miqdordagi bir xil shaklda takrorlanadigan ma’lum ommaviy mahsulotlar nomlari .............deb ataladi. 6. Maxsus leksemalar bo‘lib, yangi yaratilgan tushunchalarga murojaat qilish uchun terminlar sifatida ishlatiladi, ammo ular terminlarning asosiy talablariga javob bermaydi. Bu - ................dir. 6. ….............. – tilshunoslikda til tizimining terminlarini o‘rganuvchi soha. 7. Maxsus terminologik lug‘atlarni tuzish prinsiplari ishlab chiqiladigan soha .................dir. 8. Terminologiya termini birinchi marta ………….-yili ……………..da professor ………, rus tilida ……….. tomonidan qo‘llangan. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 31 SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Nazorat uchun savollar. 1. «O‘zbek terminologiyasi» fanining o‘rganish obyekti nima? 2. «O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti, maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz? 3. «O‘zbek terminologiyasi»ning leksikologiya bilan aloqadorligi nimada ko‘rinadi? 4. Terminologiya va leksikologiya obyektlari o‘rtasida qanday farq mavjud? 5. Terminologiya tarmoqlari haqida fikrlaringizni bildiring. 2-topshiriq. Berilgan matndan terminlarni topib, daftaringizga yozib oling. Terminlarning izohini keltirib, qaysi fan sohasiga tegishli ekanligini ayting. Ko‘pincha biror reaksiyani olib borishda va moddalarni tozalashda yengil uchuvchan organik erituvchilarni qizdirishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda erituvchi uchib ketmasligi uchun sovitqichlardan foydalaniladi. Sovitqichlar suyuqlik bug‘larini kondensatlash uchun ishlatiladi, ular bir necha xil bo‘ladi: havo sovitqichlari, suv sovitqichlari. Havo sovitqichlari yuqori haroratda qaynaydigan suyuqliklarni haydash uchun ishlatilidi. Sovituvchi – havodir. Suv bilan sovutilganda, sovituvchi suv bo‘ladi. Kimyo laboratoriyasida deflegmatorlar ham ishlatiladi. Ular suyuqlik aralashmalarini ajratib olish imkonini beradi. Laboratoriya voronkalaridan suyuqliklarni bo‘g‘zi tor idishlarga quyish, filtrlash uchun foydalaniladi. Ajratish voronkalari aralashmaydigan suyuqliklarni ajratib olish, ekstraksiyada ishlatiladi. Tomizgich voronkalardan sintez davomida suyuqliklarni tomizish uchun foydalaniladi. Eksikatorlar gigroskopik moddalarni saqlash va quritish uchun ishlatiladi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 32 Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling