A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


«O‘zbek terminologiyasi» fanining adabiyotshunoslik bilan


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152
«O‘zbek terminologiyasi» fanining adabiyotshunoslik bilan 
aloqasi. Terminologiya adabiyotshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. 
Ularning aloqasi, stilistika, adabiy til tarixi, badiiy adabiyot 
muammolarini o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
«O‘zbek terminologiyasi» fanining aniq fanlar bilan aloqasi. 
Garchi terminologiya fani ijtimoiy fan bo‘lsa-da, fizika, kibernetika
matematika, fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan ham bog‘liq holda 
rivojlanadi. 
Chet tillarni o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi 
terminologik lug‘atlarni tuzishda terminologiya matematik metodlarga 
va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi. 
«O‘zbek terminologiyasi»ning lingvistik sohalar bilan aloqasi. 
Terminologiya birinchi navbatda leksikologiya bilan bog‘liq. 
Chunki termin leksikologiyaning obyekti bo‘lgan so‘zdan shakllangan.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
24 
Terminologiya leksikografiya bilan 
aloqada bo‘lib, soha 
terminlarining lug‘atini yaratishda uning yutuqlariga tayanadi.
Terminologiya so‘z yasalishi bilan ham bog‘liqdir. So‘z yasalishi
so‘z yasalishidagi qo‘shimchalar, ulardagi mavjud bo‘lgan muammolar 
ham terminlar yasalishida inobatga olinadi.
Sotsiolingvistik tadqiqotlar atamashunoslik muammolari bilan ham 
bog‘liq. Terminologiya fani terminlar shakllanishining sotsiolingvistik 
jarayonlarini belgilashda quyidagi ikki yo‘nalishga duch keladi: a) 
baynalminal so‘zlarni termin sifatida o‘zlashtirish va ulardan keng 
foydalanish; b) baynalminal so‘zlardan tamomila voz kechib, terminlar 
yaratishda fakt, u yoki bu milliy til imkoniyatlaridan foydalanish.
Terminologiyaning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil 
nazariyalar paydo bo‘ladi. Har bir fanning rivojlanishi va o‘rganilishi, 
aynan terminologiya bilan aloqadorlikda yuzaga keladi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling